Breaking News

Ukrainada portlatilgan to'g'on talafotlari

6-iyun kuni Ukraina janubidagi Xerson viloyatida Dnepr daryosi bo’yida joylashgan Yangi Kaxovka suv omborining qulashi natijasida atrofdagi hududlarni suv bosdi.

Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyani to'gonni ichkaridan portlatganlikda aybladi. Rossiya tarafiga ko’ra esa, Ukraina armiyasining so’nggi yarim yil davomida suv omboriga hujumlari hamda undagi suv sathining Ukraina tomonidan sun’iy ravishda ko’tarilishi mazkur fojiaga sabab bo’ldi.

Sovet paytida qurilgan Yangi Kaxovka gidroelektr stansiyasi Qrim yarim oroli va Zaporojye atom elektrostansiyasini suv bilan ta’minlab turadi. Qrim rasmiylari hududda ichimlik suvi yetarli ekanini aytmoqda.

Suv ombori urush boshidan beri Rossiya nazoratida edi, biroq o’tgan yili Ukraina uning shimoliy qismini ruslardan tortib olishga muvaffaq bo’ldi.

Zelenskiy idorasiga ko’ra, ruslar ukrain harbiylarining Dnepr daryosidan o’tib, ularga zarba bermasligi uchun to’g’onni portlatgan.

"To'g'onni tashqaridan turib qulatish mumkin emas. Uni ichkaridan minalashtirib portlatishgan. Bu ishni rus bosqinchilari qilgan”, - dedi Zelenskiy.

Uning aytishicha, 80 ta shahar va qishloqni suv bosgan, odamlar evakuatsiya qilinmoqda.

Balandligi 30 metr, eni esa 3,2 kilometr bo’lgan to’g’onda 18 ming kub metr suv bor edi.


Ko'proq...

XS
SM
MD
LG