Breaking News

RSF: O'zbekistonda blogerlarga qarshi kampaniya avjida


Tehron, Eron, 18-iyun, 2023
Tehron, Eron, 18-iyun, 2023

Parijda asoslangan xalqaro tashkilot "Chegara bilmas muxbirlar" Prezident Shavkat Mirziyoyevdan O'zbekistonda blogerlarga bosimlarni to'xtatishni so'ramoqda.

O'tgan bir oy ichida Telegramda bir necha kanallar faoliyati to'xtatilgani, jumladan Qashqadaryo viloyatida mahalliy muammolarni yoritib tanilgan blogerlar sudlanib, qamalgani, bu tashkilot tahlilicha, mamlakatda erkinlik tobora cheklanayotganidan dalolat.

"Bu esa Prezident Mirziyoyev bergan va'dalarga zid holatdir", - deyiladi "Chegara bilmas muxbirlar" bayonotida.

Tashkilot nazarida mustaqil va plural media istagan davlatda xalq dardini olib chiqqan odamlar nishonga olinmaydi, ayniqsa olis va axborot manbalari oz hududlarda.

"O'zbekistonda endigina jonlana boshlagan jurnalistika ildizi bilan sug'urib olinmoqda", - deya talqin qilmoqda xalqaro guruh.

Prezident Mirziyoyev erkin va professional jurnalistika tarafdori ekanini aytib keladi. Mutasaddilarga ko'ra, asossiz materiallar tarqatgan muxbirlar va blogerlar qonun oldida javob berishi kerak.

Biroq, deydi soha vakillari, "asossizlik" bahonasi bilan so'z va matbuot erkinligini ezish O'zbekistonda norma.

"Chegara bilmas muxbirlar" xalqaro reytingida O'zbekiston matbuot va so'z erkinligi bo'yicha 180 davlat orasida 137-o'rinda.

9-iyulda prezident saylovi kutilar ekan, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Robaxon Maxmudova Buxoro viloyatida olib borgan targ'ibotda jumladan shunday degan:

“OAV mustaqilligi va erkinligi, jurnalistning erkin faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlarni yanada kengaytirish muhim vazifalardan biridir”.

Amaldagi siyosatni biror jihatdan savolga tutmayotgan Maxmudova jamoatchilik nazoratiga urg'u bermoqda.

"Biz ijtimoiy taraqqiyot dasturlarini keng jamoatchilik ishtirokida ekspertizadan o‘tkazish, birinchi navbatda tuman va shaharlar miqyosida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish tarafdorimiz".

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG