Breaking News

AQSh Oliy sudi oliy o'quv yurtiga qabul jarayonida irqdan foydalanishga chek qo'ydi


AQSh Oliy sudi: Oliy o'quv yurtiga qabulda irq rol o'ynamasligi kerak
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:05 0:00

29-iyun kuni AQSh Oliy sudi kollej va universitetlar qabul jarayonida irqdan tizimli ravishda foydalanishi mumkin emas, degan qarorni qabul qildi. Bu o'n yillardan beri davom etib kelgan tartibga yakun yasadi.

Oliy o’quv yurtlariga qabul jarayonida irqdan foydalanmaslik haqidagi qaror payshanba kuni ertalab soat o’nlarda e’lon qilindi. Vashington markazidagi Oly sud binosi tashqarisida qarorni kutib katta olomon yig’ildi.

Kollejga kirish yoshidagi maktab o'quvchilari sud qarorini olqishladi.

"Menimcha, odamning irqli kollejga kirishda rol o'ynamasligi kerak", - deydi yuqori sinf o’quvchilaridan biri.

“Irq odamning biror ishni bajarishiga, biror narsani o‘rganishiga yoki kollejda muvaffaqiyat qozonishiga ta’sir qilmaydi va o’qishga qabul qilishda unga e’tibor bermaslik kerak”, - deydi yana bir o’smir.

Ta'lim bo'yicha Osiyo Amerika koalitsiyasi vakili Yukong Mayk Chjao ham bu xabardan xursand.

"Bu barcha amerikaliklar uchun g'alaba, chunki u Amerika orzusining asosi bo'lgan meritokratiyani saqlaydi", - deydi u.

Ammo qarordan norozilar ham bor. Ularga ko’ra, bu o’zgarish kollej va universitet talabalarining xilma-xilligini oshirish ishlariga to’siq bo’lishi mumkin.

"Mening munosabatim - bu juda afsusli holat va men bundan juda xafaman. Chunki bu Qo'shma Shtatlardagi yoshlarga cheklov qo'yadi. Bu mamlakat teng huquqqa asoslangan”, - deydi ta’lim huquqlari faoli Kristofer Benks.

Jeyms Stendish huquqshunos; Vashington Adventist universitetida dars beradi.

"Biz jamiyat sifatida bu oliy ta'limga qanday ta'sir qilishini sinchkovlik bilan ko'rib chiqishimiz va u tarixan ozchilik bo’lgan irq vakillarini o’zida ifoda etmaydigan elita institutlariga yetaklamasligiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Bu qarordan keyin endi nima bo'lishini bilmayman", - deydi u.

So'rovlarning ko'rsatishicha, amerikaliklar bu masala bo'yicha ikkiga bo'lingan. Ishtirokchilarning qariyb yarmi o’qishga qabul qilishda irqi va etnik kelib chiqishidan foydalanishni ma'qullamagan; uchdan bir qismi esa buni yoqlagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG