Breaking News

Xitoy bosimi fonida Tayvan mudofaa salohiyatini kuchaytirishga intilmoqda


Tayvanda harbiy mashg'ulotlar jarayoni
Tayvanda harbiy mashg'ulotlar jarayoni

Tayvan o’zining strategik ahamiyatga ega janubiy sohillarida harbiy mashg’ulotlarni boshladi. Ehtimoliy hujumlarga qarshi mudofaa salohiyatini oshirishga urinar ekan, Tayvan raketalar vositasida nishonga olish malakasini oshirmoqda.

Xalqaro hayot - 3-iyul, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:41 0:00

Demokratik boshqaruvga ega Tayvanni o’z hududi deb biladigan Xitoy so’nggi uch yilda orolga harbiy bosimni kuchaytirdi. Tayvan sarhadlarida yirik masshtabli harbiy mashg’ulotlarni amalga oshirdi. Bunday tahdid fonida Tayvan o’z mudofaasi malakasini kuchaytirish ilinjida.

Tayvan armiyasi mashg’ulotlarda AQShning “HUMVEE” nomi bilan tanish brone mashinalari hamda tanklarga qarshi qo’llaniladigan “TOW” raketalaridan foydalanmoqda. Vashington joriy yilning mart oyida Tayvanga qiymati 619 million dollarga teng qurol-yarog’ sotgan edi.

Tayvan o’z mudofaa sanoatini ham rivojlantirib bormoqda. Xorijiy yordam bilan qiruvchi samolyot, raketa tizimlari, kema, radar, reaktiv artilleriya, bronetexnika va o’qotar qurol ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan. Ayrim qurol va texnikani eksport qiladi.

2022-yil Tayvan “DronesVision” kompaniyasi ishlab chiqargan 800 harbiy dronni Polsha orqali Ukrainaga yetkazib bergan. Tayvanning yana bir kompaniyasi “JC Tech” ham hujum dronlarini ishlab chiqarmoqda. Tayvan joriy yil mingdan ziyod raketa ishlab chiqarishni rejalagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG