Breaking News

Tayvan bo'g'ozida AQSh-Xitoy ziddiyatlari


AQSh va Xitoy kemalarining Tayvan bo'g'ozidagi dueli, 3-iyun, 2023-yil
AQSh va Xitoy kemalarining Tayvan bo'g'ozidagi dueli, 3-iyun, 2023-yil

Britaniyaning Xalqaro strategik izlanishlar instituti tomonidan har yili Singapurda o’tkaziladigan xavfsizlik anjumanida AQSh va Xitoy mudofaa vazirlari bir-birining mamlakatini Tayvan bo’g’ozida ziddiyatlarni kuchaytirayotganlikda aybladi.

Xalqaro hayot - 5-iyun, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:07 0:00

Xususan 26-may kuni Xitoyga qarashli qiruvchi samolyot Janubiy Xitoy dengizida Amerikaning razvedkachi samolyoti ustidan uchib o’tdi.

So’ng bir necha kun o’tib Tayvan bo’g’ozida Xitoyning esminets kemasi Amerika kemasiga yaqinlashdi.

AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Xitoyning ushbu harakatlarini mas’uliyatsizlik va xavfli deb atadi.

“Shangri-La muloqoti” deb ataluvchi Singapurdagi an’anaviy anjumanga borgan Ostin Xitoyni tanqidga oldi.

“Xitoy Xalq Respublikasi AQSh va ittifoqchilarining xalqaro havo sarhadlarida qonuniy uchayotgan samolyotlariga tobora ko’proq tahdid solishda davom etmoqda. O’zini zo’rlash harakatlaridan himoya qilishga intilayotgan ittifoqchilarimiz va hamkorlarimizni qo’llab-quvvatlaymiz. Biz mojaro yoki to’qnashuv tarafdori emasmiz”, - dedi Amerika mudofaa vaziri.

“Bunday holatlarning oldini olish uchun o’zga mamlakatlar harbiy kemalari va samolyotlari boshqa davlatlar hududiy dengizlari va havo kengliklarini yopishga harakat qilmasliklari zarur. Boshqacha qilib aytganda birovning ishiga burningizni suqmang, o’z mamlakatingiz bilan shug’ullaning”, - dedi bunga javoban Xitoy Mudofaa vaziri Li Shanfu.

Li Ostinning sammit chog’ida u bilan uchrashish iltimosini qondirmadi.

AQSh qonunchilari Xitoyni haddidan oshayotganlikda ayblayapti.

“Xitoy o’zini bizga raqib deb bilar ekan, Bayden ma’muriyati unga tegishli ravishda muomala qilinishini bildirib qo’yishi kerak”, - deydi Vakillar palatasining respublikachi a’zosi Mayk Tyorner.

AQSh Harbiy-dengiz floti Xitoy kemasining Tayvan bo’g’ozida AQSh esminetsiga 138 metrga yaqinlashganini xavfli manevr deb atadi. Amerika kemasi Kanadaga qarashli fregata bilan bo’g’ozdan o’tib ketayotganida Xitoy kemasiga duch kelgan va to’qnashuvning oldini olish maqsadida sekinlashgan.

Xitoy Tayvanni o’z hududi deb biladi va o’zga mamlakatlarning yarim orol bilan bordi-keldisini yoki uning yaqinidagi har qanday harakatlarini provokatsiya sifatida ko’radi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG