Breaking News

AQSh, Xitoy mudofaa rahbarlari Singapurda muloqot qildi


AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Oston va Xitoy Mudofaa vaziri Li Shanfu Osiyo xavfsizlik forumi doirasida uchrashdi, Singapur, 2-iyun, 2023
AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Oston va Xitoy Mudofaa vaziri Li Shanfu Osiyo xavfsizlik forumi doirasida uchrashdi, Singapur, 2-iyun, 2023

AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Oston va Xitoy Mudofaa vaziri Li Shanfu Singapurda Osiyo xavfsizlik forumi doirasida uchrashdi. Har ikkisi bu yig'inning asosiy spikerlari. Pentagonga ko'ra, muloqot qisqa va lo'nda kechgan.

“Rahbarlar ko'rishdi. Izchil muhokama bo'lmadi", - deydi Pet Rayder, Ostinning matbuot kotibi.

Oxirgi oylarda aloqalar taranglashgan. Tomonlar bir-birini zimdan amaliyotlarda ayblaydi. Pentagon AQSh osmonida urib tushirilgan va Xitoyning josuslik vositasi deb taxmin qilingan shar yuzasidan Pekinni savolga tutgan.

Janubiy Xitoy dengizida ham Xitoy aggressiv harakatlarda tanqid ostida, lekin iddaolarga odatda munosabat bildirmaydi yo ularni asossiz deya qoralaydi.

Pet Rayder, Pentagon matbuot kotibi
Pet Rayder, Pentagon matbuot kotibi

Amerika Xitoy bilan dialogga tayyor ekanini bildirib keladi.

“Biz Pekin bilan ochiq va dangal aloqa qilishni istaymiz. Harbiy aloqalarimiz serqirra va ularni mas'uliyatli ravishda yuritishga bel bog'laganmiz", - deydi Pentagon rasmiysi Rayder.

Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Bill Byorns o'tgan oy Xitoyda bo'lgan va rahbariyat bilan gaplashgan.

Osiyo xavfsizligi bo'yicha har yili o'tadigan sammitda e'tibor Osiyo-Tinch okeani hududida mudofaa sohasining barcha jabhalarida vaziyat qanday ekanini muhokama qilish.

Rossiyaning Ukrainadagi urushi yangi pallaga kirgan. Pekin Moskvani quvvatlamoqda va o'zi ham Tayvanga qo'shin yubormoqchi ekaniga ishora qilgan. Bu esa xalqaro hamhamiyatda xavotirni oshirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG