Breaking News

Mojarolar ularni yoritayotgan jurnalistlar sog'ligiga qanday ta'sir qiladi?


Jurnalistlar orasida ruhiy salomatlik muammosi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:16 0:00

Jurnalistlar jinoyat sodir bo'lgan joylarni yoritishdan tortib urush zonalarigacha bo'lgan xavfli hududlarda ishlaydi. Toronto universiteti tadqiqotchilari jurnalistika bu kasb egalari sog’ligiga qanchalik ta’sir qilishini o’rgandi.

Ochlik, urush, ofat va qo'zg'olonlar ularni yorituvchi jurnalistlarga qanday ta'sir qiladi? Entoni Faynshteyn shu savolga javob izlayapti.

So'nggi 23 yil davomida Toronto universitetining psixiatriya professori 1100 dan ortiq jurnalistlar o'rtasida so’rov o’tkazib, mojarolarni yorituvchi jurnalistlarni stressiz sohalar haqida yozuvchi hamkasblari bilan solishtirdi.

Uning tadqiqoti zo'ravonlik ta’siriga ko'proq moyil bo'lganligi uchun ayol jurnalistlar, ayniqsa, mojarolardan ko’proq ta’sirlanishini aniqladi.

“Qaysi mamlakatni olishimizdan qat’i nazar, erkaklarga qaraganda ayol jurnalistlar ko’proq ruhiy tushkunlik holatiga tushishini aniqladik. Biz bir nechta mamlakatni ko'rib chiqdik. Bu mamlakatga ham, madaniyatga ham bog’liq bo’lmagan narsa. Ayol jurnalistlar ko‘proq xavf ostida”, - deydi professor Faynshteyn.

Vaziyatni o’nglashga axborot vositalari ham hissa qo’shishi mumkin.

Alison Baskervill “Reyters” axborot agentligining tahririyat xavfsizligi bo'yicha mutaxassisi. Uning vazifasi mojaro zonalaridagi jurnalistlarning kerakli resurslarga ega bo'lishini ta'minlash.

"Xavfsizlik xodimlari sifatida biz ularning bunday tahdidga qanchalik yo’liqishini va bu ularning ruhiy salomatligiga qanday ta'sir qilishini tushunishimiz kerak", - deydi u.

Travmadan keyingi stress kasalligi birinchi marta 1980-yilda Amerika Psixiatriya Assotsiatsiyasi tomonidan e'tirof etilgan. Ammo ommaviy axborot vositalari jurnalistlar ham shunday xatar bilan yuzlanishinini ancha kech anglamoqda.

“Headlines Network” asoschisi Xanna Storm media tashkilotlarini ruhiy salomatlik bo’yicha treningdan o’tkazadi. Uning aytishicha, avvalo, muammoni tan olish muhim.

"Yangilik xonalarida ruhiy salomatlik va ishimizning bizga ta’siri haqida ochiq gaplasha oladigan muhit yaratishimiz kerak", - deydi u.

Faynshteyn ishi tufayli Bolqondagi mojaro va Iroqdagi urushdan tortib, 11-sentabr xuruji va Meksikadagi giyohvand moddalar bilan bog'liq zo'ravonlikgacha bo'lgan qator voqealarni yoritgan jurnalistlarga oid qimmatli ma’lumotlar yig’ilgan. Mutaxassislar ulardan jurnalistlarga yordam berish maqsadida foydalanmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG