Breaking News

Urush ostidagi Ukraina madaniy boyliklarini qanday asramoqda?


Urush tufayli Ukrainadan olib chiqilgan madaniy durdonalar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:19 0:00

YUNESKO ma’lumotiga ko’ra, Rossiya boshlagan urush natijasida Ukrainaning madaniy obyektlari va turizm salohiyatiga 2,5 milliard dollar atrofida zarar yetkazilgan.

Varshavadagi Qirollik qasrida Ukrainaning Xanenko muzeyidan olib kelingan ikki asar “Kiyev durdonalari” sifatida ko’rgazmaga qo‘yilgan. Bu urush tufayli Polshada saqlash uchun jo’natilgan kolleksiyaning bir qismi, xolos.

“Ularning ayrimlari italyan uyg’onishi, Florensiya, Siena davriga taqaladi. Bir qismi haqiqiy durdonalar ”, - deydi Varshavadagi Qirollik qasri direktori Voytseh Falkovskiy.

Qirollik qasrida rasman Bogdan va Varvara Xanenkolar nomidagi milliy san’at muzeyi deb ataluvchi Xanenko muzeyidan keltirilgan 38 ta noyob asar saqlanmoqda.

“Urush boshlanar ekan, Qirollik qasri birinchilardan bo’lib bizni qo’llab-quvvatladi, o’z yordamini taklif qildi. U yerda asarlarimiz xavfsizlikda bo’ladi. Afsuski, Ukrainada xavfsiz joyning o’zi yo’q, buni yaxshi tushunamiz”, - deydi Xanenko muzeyi direktori vazifasini bajaruvchi Yuliya Vaganova.

San’at asarlariga tahdid, ayniqsa, oktabr oyida, muzey yaqiniga raketa tushganda bilindi.

“Muzeyning barcha oynalari to’kilib ketdi, zarba to’lqinidan tomning shisha qismi qulab tushdi. Eshiklar, romlar hammasi shikastlangan”, - deydi Vaganova.

Shikastlangan muzey ham tarixiy bino, mukammal ta’mirga muhtoj. YUNESKO urushdan bir yil o’tib Ukrainadagi yana yuzlab madaniy obyektlar xuddi shunday ahvolda ekanligini xabar qilmoqda.

“Ukrainada urush tufayli shikastlangan madaniy obyektlarning umumiy soni 262 tani tashkil etadi. Bu obyektlarga kiruvchi 24 ta muzey mutlaqo yoki qisman shikastlangan ”, - deydi YUNESKO vakili Krista Pikket.

Nukusdagi xazina/Savitsky Museum, Karakalpakstan
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:17:08 0:00

Xanenko muzeyi urush boshidayoq o’z kolleksiyalarini xorijga olib chiqdi. Muzey bugun bo’sh. Ukrainada ko’rgazmalar imkonsiz bo’lsa-da, muzey o’z durdonalarini dunyoga ko’rsatish yo’llarini izlamoqda.

“Biz ularni yashirib qo’ymoqchi emasmiz, bu asarlar hamon muzey jamg’armasida ekanligini ko’rsatuvchi har qanday imkoniyatdan foydalanamiz. Bu bizning madaniy diplomatiyamiz ”, - deydi Vaganova.

Aynan shuning uchun muzey kolleksiyasining bir qismi Vilnyusdagi ko’rgazmada, qadimiy ikonalari esa Parijdagi Luvr muzeyida.

Hozir Qirollik qasrida Xanenko muzeyi asarlari ko’rgazmasiga tayyorgarlik ketyapti, Kiyevdagi muzey xodimlari ham yordamga kelishgan.

“Men Xanenko muzeyi xodimlarining Qasrga kelishini tashkillashtirdim. Obyektlar monografiyasini hozirlash, ta’mir ishlarida qatnashishlari uchun”, - deydi Qirollik qasri direktori Voytseh Falkovskiy.

Varshvadagi Qirollik qasridagi ko’rgazma 2024-yilda ochiladi. Xanenko muzeyidagi durdonalar 2 yil davomida Polshada bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG