Breaking News

Urushda yaralangan Ukraina askarlari AQShda davolanmoqda


AQShda davolanayotgan Ukraina askarlari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:49 0:00

Ukraina harbiy-havo kuchlari askari Mixail Nalivayko harbiy qismiga qilingan hujumda o'ng oyog'idan ayrilgan. Nodavlat tashkilot ahvoli o’g’ir askarni davolash uchun AQShga olib keldi.

“Kontuziya bo’lib, o’ng tomonga qarasam - oyog’im uzilib yotibti”, - deb eslaydi Mixail.

2022-yilning oktabrida Mixail Nalivayko jangda o'ng oyog'idan ayrilgan. Qattiq yaralangan ikkinchisi esa yiringlagan.

Ukraina harbiy-havo qo'shinlari 79-brigadasi askari bir necha oy davomida Kiyev kasalxonasida yotgan, ammo shifo topmagan.

"Ukrainaning tuzalgan askarlari" notijorat tashkiloti Mixailni davolash uchun AQShga olib kedi.

“23 marta operatsiya qilishdi, natijasiz. Ikkinchi oyog'imni ham kesib tashlanglar dedim. Ikkita protez bilan tezroq yurib ketaman deb o‘yladim”, - deya eslaydi Mixail.

Amerikalik shifokorlar ikkinchi oyog'ini saqlab qolmoqchi.

"Barcha yo'llar Qrimga eltadi"
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:40 0:00

Urushgacha Mixail Nikolayevda yashagan, barmenlik qilgan. Prezident Volodimir Zelenskiy umummilliy safarbarlik e'lon qilgach, u ryukzakni yelkasiga tashlab harbiy komissariatga borgan, armiyaga yozilgan.

Oyog'iga titan sterjen o'rnatgan amerikalik shifokorlar uning tuzalib ketishidan umidvor.

“U meni ishga kelishga undaydi. Juda yaxshi yigit, odobli, ajoyib inson. Ruhi tetik! Umid qilamizki, u tezda tuzalib, uyiga qaytadi. Maqsadimiz ham shu”, - deydi hamshira.

“Ukrainaning tuzalgan askarlari” tashkiloti prezidenti Irina Vashchuk Dissipio asli Ukrainadan. 2014-yildan beri harbiylarga yordam berib keladi.

“2015-yildan buyon 70 dan ortiq harbiy xizmatchini AQShga keltirishga muvaffaq bo‘ldik. Bu uzoq jarayon. Bu yil 23 askarni AQSh shaharlaridagi kasalxonalarga olib keldik”, - deydi u.

Tashkilot Ukrainadagi askarlarni qo’llash uchun xayriya ham yig’adi. Irpenda o’z markaziga ega, Lvovda endi qurilmoqda. AQShning Chikago, Boston, Filadelfiya va Orlando shaharlarida faoliyat olib boradi.

“Mixailni Kiyevdagi harbiy gospitaldan topdik. Vaziyat murakkab. Bir oyog'i amputatsiya qilingan, endi ikkinchisini saqlab qolish kerak", - deydi Irina.

Nalivayko Nyu-Yorkdan Orlandodagi klinikaga ko'chiriladi. U yerda protez qo’yishadi. Tuzalganidan keyin u Ukrainaga qaytib, dron operatori sifatida o’z ishini davom ettiradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG