Abduqodir Mo'minov sudi: Ochiq yoki yopiq?
Bloger Abduqodir Mo'minovning sudi 25-iyul kuni Toshkentning Mirobod tumanida yopiq eshiklar ortida boshlandi. Asabiylashgan mutasaddilar tashqarida soatlab kutgan, ammo kira olmagan 100 ga yaqin kishini jarayon ochiq o'tmoqda, deya ishontirishga qanchalik harakat qilmasin, sudni kuzatishga kelganlar noroziligicha qoldi. "Amerika Ovozi" sud zaliga bir necha daqiqaga qo'yildi, ammo sudya tasvirga olishni to'xtatdi degan bahona bilan chiqarib yuborildi. Mo'minovning ishi emas, protsessning yopiqligi muhokamada bo'ldi. BBC va "Amerika Ovozi" muxbirlaridan tafsilotlar.