Qoraqalpog'iston: 1 yil oldin bosh ko'targan jurnalist
Nukusda bu safargi suhbatdoshlarimiz - yil boshida Buxoroda jinoiy sudda aybdor deb topilgan, lekin shartli ravishda ozodlikka chiqarilgan insonlar. Bir yil oldingi qonli voqealarni, kamida 21 kishini hayotdan olib ketgan g’alayonni muhokama qilayapmiz. Qoraqalpog’istonning O’zbekiston tarkibidagi suveren respublika degan maqomi davlat bosh qomusida o’zgartirilmasin degan talab bilan chiqqanlar orasida bu shaxslar ham bo’lgan.