Qoraqalpog'iston: Jazo o'tayotgan Azamat sportchi
Nukusdagi bu davrada suhbatdoshlarimiz - yil boshida jinoiy sudda aybdor deb topilganlar va shartli ravishda ozodlikka chiqarilganlar. Bir yil oldingi qonli voqealarni muhokama qilayapmiz, kamida 21 kishini hayotdan olib ketgan g’alayonni. Qoraqalpog’istonning O’zbekiston tarkibidagi suveren respublika degan maqomi davlat bosh qomusida o’zgartirilmasin degan talab bilan chiqqanlar orasida bu shaxslar ham bo’lgan. 2022-yilning 1-2 iyulidagi tartibsizliklar ketidan ular yuzlab fuqarolar qatori hibsga olingan. Buxoro viloyatida sud hukmidan keyin ularning ikkisi bilan gaplashganmiz. Bugun birgalikda va birma-bir muloqotdamiz. Qoraqalpog’istonni tushunish uchun ularni ham tinglash kerak.