Breaking News

Kiyev: Jiddada o'tgan xalqaro anjuman Rossiya uchun "katta zarba"


40 dan ortiq davlat rasmiylari Ukrainada tinchlik o'rnatish masalasini muhokama qilish uchun Jidda shahriga yig'ildi, Jidda, Saudiya Arabistoni, 2023-yil, 6-avgust.
40 dan ortiq davlat rasmiylari Ukrainada tinchlik o'rnatish masalasini muhokama qilish uchun Jidda shahriga yig'ildi, Jidda, Saudiya Arabistoni, 2023-yil, 6-avgust.

Ukrainada tinchlikni tiklash maqsadida Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o’tgan hafta oxirida o’tkazilgan muzokaralar Rossiya uchun "katta zarba" bo’ldi, dedi dushanba kuni Ukraina prezidenti ma’muriyati rahbari Andrey Yermak. Unga ko’ra, muzokara ishtirokchilari yana uchrashishga kelishib olgan.

"Biz bir, bir yarim oy ichida yana bir uchrashuv o'tkazamiz va sammit o'tkazish tomon harakat qilamiz", - dedi Yermak matbuot brifingida.

Ikki kunlik Jidda tinchlik sammitida 42 davlatdan yuqori martabali rasmiylar ishtirok etdi. Oliy darajadagi muzokaralarga Rossiya taklif qilinmadi.

Yermakka ko’ra, Jiddadagi muzokaralarda qatnashgan barcha davlatlar Ukraina mustaqilligi va hududiy yaxlitligini to'liq qo'llab-quvvatlagan va faqat Ukraina tomonidan ilgari surilgan tinchlik tashabbuslari muhokama qilingan.

Ukrainaning “dronlar armiyasi”
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:41 0:00

Shuningdek, uning tan olib aytishicha, ishtirokchilar Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning 10 banddan iborat tinchlik formulasining barcha qismlari bo‘yicha yakdil emas.

Oliy darajadagi muzokaralarda Rossiyaga yaqin sifatida ko’rilgan Braziliya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrikadan ham delegatlar ishtirok etdi.

Moskva hozircha Saudiya Arabistonida yig‘ilgan xalqaro rasmiylarning Ukraina urushini Rossiya ishtirokisiz hal qilish borasidagi sa’y-harakatlarini rad etmoqda. Kremlga ko’ra, bu uchrashuvlarda hech qanday qiymat yo’q.

Ikki kunlik sammitda Braziliya delegatsiyasi rahbari, tashqi siyosat bo‘yicha hukumat maslahatchisi Selso Amorim “har qanday haqiqiy muzokara barcha tomonlar, jumladan, Rossiyani ham o‘z ichiga olishi kerakligini” ta’kidladi.

Moskva muzokaralarni G'arbning "Global janub"ni Kiyev ortidan birlashtirishga bo'lgan urinish deb atadi.

Tinchlik sammitida ishtirok etishga rozi bo‘lgan neytral Xitoy Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuvida mustaqil va xolis pozitsiyani qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqotda ma’lum qildi.

Vangning ta'kidlashicha, Xitoy har qanday xalqaro ko'p tomonlama forumlarda "obyektiv va oqilona ovoz" bo'lib xizmat qiladi va "tinchlik muzokaralarini faol qo'llab-quvvatlaydi.

G‘arb rasmiylari va tahlilchilar Xitoyning muzokaralarda ishtirok etishini ta’minlashda Saudiya Arabistoni diplomatiyasi muhim rol o‘ynaganini e’tirof etmoqda.

Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon boshchiligida qirollik o‘zini vositachi sifatida ko‘rsatib, jahon sahnasida kattaroq rol o‘ynashga intilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG