Breaking News

Yangi dori kelajakda kimyoterapiya o'rnini bosishi mumkin


Saratonga qarshi yangi dori yaratilmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:56 0:00

Kaliforniya universiteti olimlari yaratayotgan vosita bir kun kelib, saraton kasalligini davolashda kimyoterapiyaga muqobil muojala bo’lishi mumkin.

Bioinjener Negin Majidiy deydiki, immunoterapiyadagi bugungi yutuqlar bir kun kelib saraton kasalligini samarali davolash imkonini beradi.

“Tananing immun hujayrajarini ishga jalb qilib, saraton hujayralaridan xalos bo’lish uchun organizmning tabiiy qobiliyatidan foydalansa bo’ladi”, - deydi u.

Asli eronlik Majidiyning turmush o’rtog’i ham biomuhandis. Kaliforniya universitetining Los-Anjelesdagi kampusida bir guruh tadqiqotchilar qatorida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Ular biologik parchalanadigan, hajmi qalam o’chirg’ichidek keladigan, “SymphNode” nomli implant kashf qildi.

Alginat nomli polimerdan tayyorlangan material o’simtaga implantatsiya qilinadi. Olimlarning aytishicha, u o’zidan chiqaradigan dori kuchliroq immunitet reaksiyasini hosil qilishga ko’maklashadi.

“Bu xuddi sportzalga borishga o’xshaydi. Hujayralar bu zalda tayyorgarlikdan o’tib, o’simtaga qarshi kurashishga tayyor bo’lib chiqadi”, - deydi Mahdi Hasaniy.

Immunologiya professori Manish Byut Majidiyning tadqiqotlariga rahbarlik qilgan. Uning aytishicha, maqsad – saraton hujayralarini himoyadan ayirib, uni o’ldiruvchi hujayralarni kuchaytirish.

“Bu nafaqat ko’krak bezi saratoni, balki o’simtalarning barcha turlariga qarshi kurashishga imkon beradi”, - deydi professor.

“SymphNode” hozircha sichqonlarda sinab ko’rildi. Sichqonlarning 80 foizida o’simta kichraygan, saraton tarqalishi esa 100 foiz hollarda bartaraf etilgan. Klinik sinovlar 2024-yilda boshlanishi kutilyapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG