1999-yilda tashkil etilgan “Katta 20 lik” guruhi dunyodagi eng yirik 20 ta davlat rahbarlari o'rtasidagi norasmiy yig'ilishdir. Yillik sammit, odatda, iqtisodiy hamkorlikka bag'ishlanadi, lekin uning kun tartibidan dunyoning dolzarb siyosiy masalalari ham o'rin olishi mumkin.