Breaking News

Ukrainaliklarni himoya qilish uchun otlangan yosh amerikalik


Ukrainadagi amerikalik harbiy medik
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:45 0:00

AQShlik Glenna Manchego 2022-yilning aprelida Ukrainadagi xalqaro legion tarkibiga qo´shildi. U o´z hayotini xatarga qo’yib, ukrainaliklarni himoya qilmoqda. Malakali feldsher Manchego Rossiya bosqini ortidan ikkilanmasdan Ukrainaga otlandi.

Ukraina himoyasi uchun tuzilgan Xalqaro legion safida aqshlik 22 yoshli feldsher Glennna Manchego ham xizmat qiladi.

“Mening otam dengiz piyodachisi, onam ham harbiy bazada ishlaydi. Men yoshligimdan harbiycha kiyinganman”, deydi Manchego.

Manchegoning aytishicha, Rossiya urush ochishidan so´ng u ikkilanmasdan Ukrainaga kelgan:

“Siz tibbiyot sohasiga odamlarga yordam berish uchun kelasiz, qayerda bo’lmasin tanlagan kasbingizga nisbatan ehtiyoj kuchli ekanligini ko’rib, albatta o’z tajribangizni qo’llashga harakat qilasiz. Men ham divanda o`tirib onlayn xayriya bilan cheklanishim mumkin edi. Ammo menda amalda qo’llashim mumkin bo´lgan malaka bor”, deydi u.

Glenna va uning jamoasi bir necha kun davomida uzluksiz tibbiy yordamga chiqishmoqda.

“Agar sen bo’sh bo`lsang, demak hammasi tinch. Bu degani biz tomonimizdan hech kim shikastlanmagan. Ehtimol biroz zerikarli, lekin yaxshi. Chaqiruv boshlanganda esa darhol men u odamni bilamanmi, yaqindan taniymanmi deb o’ylay boshlaysan”, deydi Manchego.

Uning asosiy vazifasi jarohatlangan askarlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. Bu juda asabiy ish, ammo malakasi, tajribasi unga yordam beradi:

“Yordam joyiga yetib borganda, o’zimni yo`qotib qo’ysamchi, nima qilishni bilamanmi, deb o’ylaysiz. Baxtga, hech narsa bo‘lmaydi, malakangiz qo’l keladi, hammasini avtomatik bajarasiz”, deydi Manchego.

Askarga birinchi yordan ko’rsatilgandan keyin u yaqin joydagi gospitalga yotqiziladi.

“Bu tinch hayotdagidek emas, sirenani yoqsang mashinalar to’xtab, yo´l bo’shatib berishmaydi. Sen o’rmonda yurasan, seni nishonga olishadi, otishadi”.

Manchego o’zini Ukrainada ardoqli his qilishini, amerikaliklar, ukrainlar ham o´zaro o’xshash ekanligini ta´kidlaydi:

“Ukrainlar ruhi ham amerikaliklarnikiga juda o’xshash, bu mening Ukrainada ekanligimni izohlovchi yana bir sabab. Biz uchta shaksiz haqiqatga ishonamiz – hayot, erkinlik va baxtga intilish ”.

Manchego tibbiy yordam chiqishida omad uchun o’zi bilan Amerika bayrog`ini ham oladi. Har kungi xatarga qaramasdan u AQShga qaytishga shoshilayotgani yo’q, lozim bo´lgancha Ukrainaga yordam ko’rsatishda davom etmoqchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG