Breaking News

Rossiya: NATO kuchlari aralashgan davlatlar beqarorlikka yuz tutgan


NATO aralashgan mamlakatlar xaroba ahvoldami?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:30 0:00

Yaqinda Rossiya Tashqi razvedkasi rahbari Sergey Narishkin NATO ishtirokida to’xtatilgan Yugoslaviya inqirozining 28 yilligi munosabati bilan Moskvada, Rossiya tarixi jamiyatida forum o`tkazdi.

“NATOning Yugoslavakiya agressiyasi” haqida ma’ruza qilgan Rossiya razvedkasi rahbari Shimoliy alyans dunyodagi biror davlatga farovonlik keltirmagani haqida bayonot qildi.

“Shuni qayd etmoqchiman, NATO bostirib kirgan biror mamlakatda oddiy tartibdan tortib odamlarning urushgacha bo’lgan turmush darajasi ham qayta tiklangani yo’q”, - dedi Sergey Narishkin bu chiqishida.

Bu axborot faqat qisman to’g’ri.

Darhaqiqat, NATO kirgan davlatlar ichida hamon qashshoqlik, beqarorlikda qolayotgan mamlakatlar bor; asosan Afg’oniston va Liviya.

NATO inqirozni to’xtatib, barqarorlikka hissa qo’shgan davlatlar esa bir qadar ko’p. Ular ayni paytda Yevropa Ittifoqi a’zosiga aylanmoqda.

Rossiya razvedkasi rahbari Sergey Narishkin nazarda tutgan sobiq Yugoslaviyadagi inqiroz haqida.

Bosniya va Gersegovina o’rtasida qo’zg’algan urushga NATO 1995-yilda qo’shildi. Bungacha BMT bu mintaqada tinch aholi etnik kelib chiqishiga ko’ra qirg’inga tutilayotgani haqida xulosa berayotgan edi.

NATO Bosniya serblarini fuqarolik urushini to’xtatishga majburlovchi havo hujumlarini amalga oshirdi.

Bosniya va Gersegovinada BMT shafeligida NATO qo’mondonligi ostidagi harbiy kuchlar joylashtirildi. Bu kuchlar 2004-yilga qadar mintaqa barqarorligini ta’minladi.

Xalqaro tashkilotlar hisobotiga ko’ra, ayni paytga kelib Bosniya va Gersegovina iqtisodi rivojlangan, aholi farovonligi ortgan davlatlar qatoriga kiradi. BMT taraqqiyot indeksida ham yuqori pog‘onalarda, Yevropa Ittifoqi a’zoligiga nomzod.

1999-yilda NATO Serbiyada Kosova albanlariga boshlangan etnik qirg’inlarni to’xtatish uchun “Ittifoqchi kuchlar” amaliyotini boshladi. NATO yugoslav armiyasini Serbiya va Kosovada joylashgan logistik markazlarini hujumga tutdi.

Avtoritar lider Slobodan Milosheyevich hukumati ag’darilishidan so`ng Serbiyada keng miqyosdagi islohotlar, urushdan chiqqan mamlakatni tiklash boshlandi. Jahon bankining 2020-yilgi hisobotida mamlakat tez fursatda rivojlanish yo’liga kirgani ta’kidlanadi.

Aholining o’rtacha maoshi 2001-yildagi 98 dollardan, 2023-yilga kelib 1079 dollarga ko’tarilgani qayd qilingan. Serbiya Yevropa Ittifoqiga nomzod.

Kosovodagi vaziyat haqida.

NATO kuchlari Kosovoda 1999-yildan joylashdi; Yugoslaviya va Kosovo armiyasi o’rtasidagi urush to’xtatildi.

AQSh Davlat departamenti hisobotida millionga yaqin kosovalik albanlar Albaniya, Makedoniya, Chernogoriya va boshqa davlatlarda boshpana topgani ta’kidlanadi. Hozirda Kosova iqtisodi shiddatli o’sayotgan davlatlardan biri.

NATO 2001-2003-yillarda Shimoliy Makedoniyada etnik albanlarni qurolsizlantirishga qaratilgan uchta harbiy amaliyot o’tkazdi. Bu makedonlar va albanlar o’rtasidagi etnik to’qnashuv qirg’inga aylanishining oldini oldi.

Britaniya ensiklopediyasiga ko´ra, Makedoniya sobiq Yugoslaviya tarkibidagi eng qashshoq respublika edi. Inqirozdan olti yil o´tib Makedoniya iqtisodi rivojlanayotgan davlatlar safiga qo´shilishga muvaffaq bo’ldi.

NATO ishtiroki qashshoqlik va ziddiyatni bartaraf eta olmagan davlatlardan biri Afg’oniston.

AQSh yetakchiligidagi NATO kuchlari Afg´onistonga 2001-yilda 11-sentabr teraktlari ortidan kiritildi. NATO kuchlari Afg’onistonda 2021-yilgacha, mamlakatni “Tolibon” egallagungacha qoldi.

Afg’onistonda so’nggi 20 yil davomida mamlakat iqtisodida, inson huquqlarida rivojlanish kuzatildi, bu xalqaro tashkilotlar tomonidan ham qayd qilingan.

Ammo 2021-yilning avgustidan mamlakat “Tolibon” nazoratiga o´tishi ortidan bu yutuqlar boy berildi, xususan inson huquqlari vaziyati jiddiy og’irlashdi.

NATO Liviyadagi fuqarolik urushiga 2011-yilda BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi qabul qilinishi ortidan qo’shildi. Rezolyutsiya tinch aholini urushdan muhofaza qilishga qaratilgan edi.

Bu amaliyot davomida NATO Liviya osmonini nazoratga oldi, havo hujumlari paytida diktator rahbar Qaddofiy tutildi va isyonchilar tomonidan qatl qilindi.

Liviyada beqarorlik davom etmoqda, iqtisodiyot og’irlashgan, inson huquqlariga doir vaziyat esa yanada yomonlashgani qayd qilinadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG