Breaking News

Yens Stoltenberg NATOga yana bir yil rahbarlik qiladi


AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining direktori Uilyam Byornsning aytishicha, Yevgeniy Prigojin va uning “Vagner” guruhining Moskvaga yurishi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning obro’siga zarba berdi.

Xalqaro hayot - 4-iyul, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:09 0:00

"Ajablanarlisi shundaki, Prigojin o'z harakatlaridan oldin Kremlning Ukrainaga bostirib kirishi va Rossiya harbiy rahbariyatining urushni boshlashi haqidagi yolg'on mantiqlarini keskin ayblab chiqdi. Bu so'zlar va bu xatti-harakatlarning ta'siri bir muncha vaqt davom etadi, ular Putin urushining o'z jamiyati va o'z rejimiga korroziv ta'sirini yorqin eslatib turadi”, - deydi Rossiyada elchilik qilgan Byorns.

Rus rasmiylari o’zgacha fikrda. Ular nazarida, Prigojinning harakatlari Rossiya jamiyatini yanada jipslashtirdi, Putinning pozitsiyasini kuchaytirdi.

AQShning Rossiyadagi yana bir sobiq elchisi Maykl Makfolning aytishicha esa, isyon Putinni zaiflashtirib, Ukrainada jang qilayotgan rus askarlari ruhining tushishiga olib keldi.

Amerikalik yana bir mutaxassis Maykl Kimmaj fikricha, isyon Putin uchun soatli bomba bo’lishi mumkin.

"Prigojin isyon qilish mumkinligini, Rossiya davlati o’rta kuchdagi isyonga zaif javob berishini ko’rsatdi, Putinga qo’llab-quvvatlov ham xalqaro sahnada, ham mamlakat miqyosida sovuq bo’lishini namoyish etdi”, - deydi Amerikaning Katolik universiteti professori.

Zaporojye atom elektrostansiyasini kim portlatmoqchi?

Ukraina va Rossiya bir-birini Zaporojye atom elektrostansiyasiga hujumni rejalayotganlikda ayblamoqda. Shunday bo’lgan taqdirda reaktorlar erib, katta hududlar nurlanishga yuz tutishi mumkin.

Stansiyadan 20 kilometr narida joylashgan Nikopol aholisi bundan tashvishda.

“Rossiya Zaporojye atom elektrostansiyasini ishg’ol qilganidan so’ng mahalliy hukumat avariyaning ehtimoliy oqibatlari haqida bong ura boshladi, odamlar o’zlarini radiatsiyadan himoya qilishi uchun Nikopol kasalxonalari yod tarqatishga kirishdi”, - deydi mahalliy jurnalist Mikita Sayenko.

Ukraina razvedkasiga ko’ra, ruslar stansiyani minalashtirib, reaktorlarni eritmoqchi, evakuatsiyaga hozirlanishmoqda.

“50 kilometr radiusdan kattaroq hudud zararlanadi degan fikrdamiz. Ya’ni nurlanish to’rtta oblastga ta’sir qiladi”, - deydi Ukraina energetika vazirining o’rinbosari Yuriy Vlasenko.

Aholi dorixonalarda kaliya yodid qolmaganini aytadi. Tuz qalqonsimon bezni radiatsiya ta'siridan himoya qilishga yordam beradi.

“Suv va oziq-ovqatni bir oyga g’amlab qo‘ydik, mashinalarimizning baki doim benzinga to’la”, - deydi zaporojyelik bir odam.

Rus rasmiylariga ko’ra esa Ukraina NATOning kelasi hafta Vilnyusda bo’ladigan sammitidan oldin atom elektrostansiyasini portlatib, Rossiyani ayblamoqchi va shu tariqa G’arbdan jiddiyroq qurollar olishga umid qilmoqda.

NATO Yens Stoltenberg mandatini yana bir yilga uzaytirdi

NATO Yens Stoltenbergning bosh kotiblik mandatini yana bir yilga uzaytirishga qaror qildi. 2014-yildan beri tashkilotni boshqarayotgan Stoltenberg sentabr oyida iste’foga chiqishi kerak edi. A’zo davlatlar uning o’rniga yangi bosh kotibni tayinlash uchun ayrim nomzodlar bo’yicha yopiq eshiklar ortida ancha munozara qildi va bir to’xtamga kela olmadi. Natijada amaldagi rahbarni o’z o’rnida qoldirishga qaror qilishdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG