Breaking News

Prigojinning Belarusga ko’chgani qo’shni mamlakatlarni asabiylashtirmoqda


"Vagner" guruhi rahbari Yevgeniy Prigojin
"Vagner" guruhi rahbari Yevgeniy Prigojin

”Vagner” xususiy harbiy kompaniyasining asoschisi Yevgeniy Prigojinning Belarusga ko’chishi qo’shni Polsha va Boltiq davlatlari rahbarlarining asabiylashishiga sabab bo’lmoqda. Prigojinga Belarusda qancha vagnerchining hamrohlik qilishi hozircha ma’lum emas. Ayrim manbalarga ko’ra, respublikada hozir ular uchun bazalar hozirlanmoqda.

Xalqaro hayot - 30-iyun, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:57 0:00

“Agar “Vagner” qotillarini Belarusga safarbar etsa, qo’shni mamlakatlar kattaroq beqarorlik tahdidiga yuz tutadi. Bunday sharoitda tahdidning oldini olish va old mudofaani tashkil etish ustuvor vazifa”, - deydi Litva Prezidenti Gitanas Nauseda.

NATOning 11-12-iyul kunlari bo’ladigan sammiti Belarus chegarasidan 35 kilometr narida joylashgan Vilnyusda o’tkaziladi. Alyansning Sharqiy Yevropadagi a’zolari uning sharqiy qanotini kuchaytirishga chaqirmoqda. Germaniya Litvaga 4000 qo’shin yuborishini e’lon qildi.

Ba’zi kuzatuvchilar Prigojinning isyoni Rossiya davlat tizimlari va Prezident Vladimir Putin boshqaruvini zaiflashtirganini aytarkan, buning dunyo xavfsizligiga tahdidi ehtimoli haqida mulohaza yuritmoqda.

“Rossiya beqarorlashsa, uning yadro arsenaliga nima bo’ladi? Rossiyada Putindan ham urushga chanqoqroq, niyati va harakatlari mavhumroq odam hokimiyatga kelsa, nima bo’ladi? NATO mana shu savollarga javob berishi kerak”, - deydi Germaniyaning Marshall jamg’armasidan Kristin Berzina.

Sammitda Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari ham muhokama etilishi kutilmoqda.

“Ukraina NATOga yaqinlashishiga, NATOga to’liq moslasha bilishiga yordam berish uchun ko’p yillik dasturga kelishsak bo’ladi”, - deydi alyans rahbari Yens Stoltenberg.

Anjuman ishtirokchilari mudofaa sarfiyatlarini oshirish xususida ham gaplashadi. Hozircha NATOning 30 a’zosidan atigi yettitasi mudofaaga yalpi ichki mahsulotining belgilangan ikki foizini sarflamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG