Breaking News

Subsidiya va savdo tariflari AQShda ishlab chiqarishni oshirdimi?


AQShda mahalliy ishlab chiqarish oshmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:52 0:00

Savdo bo'yicha ekspertlarning ta'kidlashicha, Qo'shma Shtatlar cheklanmagan erkin savdodan voz kechib, maqsadli savdo siyosatiga o'tgan; bu esa Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarni AQShga ko’proq sarmoya kiritishga undashda qo’l kelishi mumkin.

AQSh bo’ylab Arizona, Ogayo va Nyu-Yorkdagi yarim o'tkazgich zavodlaridan tortib, Jorjiyadagi quyosh panellari ishlab chiqaruvchilari va Koloradodagi shamol tegirmonlarigacha bo’lgan turli sohalarda ishlab chiqarish sur’ati oshmoqda.

Rousmeri Kouts Amerikada ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlovchi Reshoring institutining ijrochi direktori.

“Sanoat koʻchmas mulkiga investitsiya joriy yilda 30 foizga oshdi. Men bir nechta ishlab chiquvchilar bilan suhbatlashdim va o'tgan hafta sanoatni rivojlantirishga oid katta konferentsiyada qatnashdim”, - deydi u.

Ushbu o’sishning sababi, deydi mutaxassislar, Bayden ma'muriyati tomonidan ishlab chiqarishni rag'batlantirish uchun berilgan milliardlab dollarlik subsidiyalar va Trump davrida o’rnatgan savdo tariflari.

Jeymison Grier AQSh Savdo vakili Robert Laytxayzer qo'lida ishlagan.

"Tan olish kerakki, Trump ma'muriyati AQShda ishlab chiqarishni rag'batlantiruvchi yangi NAFTA kelishuvini qabul qildi va Xitoydan avtomobil qismlari va mashinalar importini cheklovchi tariflar kiritdi",- deydi u.

Hozircha Prezident Jo Bayden sobiq prezident Donald Trampning Xitoy tovarlariga qoʻygan tariflarini va “Huawei” kabi Xitoy kompaniyalariga AQSh texnologiyalarini eksport qilishni taqiqlovchi farmonni o’z kuchida qoldirdi. AQSh Savdo vakili Ketrin Tayning aytishicha, har ikki ma'muriyat amerikalik ishchilar va innovatsiyalarni himoya qilish uchun savdo cheklovlari va subsidiyalarni qo'llab-quvvatladi

"Bu ta'minot zanjirlari yoki adolatsiz siyosatga qarshi himoyani muvofiqlashtirish orqali bo’ladimi, xullas, biz o’zimiz duch kelgan muammolarni tan olishning yaxshiroq yo'llarini qidiryapmiz", - deydi u.

Grierning aytishicha, Amerikaning yangi savdo siyosati Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti davlatlari o'rtasida olib borilayotgan yangi hamkorlik muzokaralarida ham ko’zga tashlanmoqda. O'tmishdagi keng qamrovli savdo bitimlaridan farqli o'laroq, yangi kelishuv maqsadli va bosqichma-bosqich qadamlar orqali savdoni oshiradi, deydi u.

"Menimcha, bizda hozir yangi yondashuv bor va umid qilamanki, bu savdoga qarshi va protektsionist yondashuv emas, balki pragmatik yondashuvdir", - deydi Grier.

Koutsning ta'kidlashicha, zararli chiqindilarni kamaytirish uchun xaridorga yaqin hududda mahsulot ishlab chiqarish Amerika kompaniyalarining strategik maqsadlariga ham mos keladi.

"Global ta'minot zanjirini qisqartirsangiz, uglerod chiqindilari ham kamayadi", - deydi u.

Bu, deydi Kouts, yangi Amerikaning yangi qiyofasi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG