Breaking News

Chegarani buzmang: AQShdan O'zbekiston fuqarolariga jiddiy ogohlantirish


AQShga noqonuniy kirgan o'zbekistonliklar orqaga qaytariladi
AQShga noqonuniy kirgan o'zbekistonliklar orqaga qaytariladi

AQSh Ichki xavfsizlik vazirligiga ko'ra, endilikda Meksika chegarasi orqali bu mamlakatga noqonuniy kirayotgan oʻzbekistonlik bu davlat sarhadiga biror sabab bilan qoʻyilmaydi.

Bayden ma'muriyatining ogohlantirishicha, bunday shaxslar darhol hibsga olinadi. AQShda qolish uchun qonuniy asosga ega bo’lmagan o’zbekistonlik zudlik bilan deportatsiya qilinadi.

Bu masalasi bo’yicha AQSh va O’zbekiston hukumatlari yaqindan hamkorlik qilmoqda, deyiladi 20-noyabr kungi bayonotda.

Deportatsiya tijorat aviakompaniyalar hamda AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati bilan tuzilgan charter reyslari orqali amalga oshirilmoqda.

"AQSh-Meksika chegarasi orqali AQShga noqonuniy migratsiya xavfli va qimmatdir. Kontrabandachilarning yolg’on va’dalariga uchmang. Amerika Qo’shma Shtatlariga sayohat qilish uchun xavfsiz va qonuniy vositalardan foydalaning", - deyiladi Toshkentdagi elchixona tarqatgan ogohlantirishd e'lonida.

"AQSh chegarasini noqonuniy kesib o’tgan shaxslar bu mamlakatga kamida besh yil ichida qonuniy ravishda qayta kirishlari taqiqlanadi. Noqonuniy migratsiyaga yordam beradigan oila a’zolari ham viza olishdan butunlay mahrum etilishi mumkin."

AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi va Davlat departamenti eslatishicha, xavfsiz va tartibli ravishda migratsiya qilish uchun bu davlat gumanitar qonunlarga ega.

Ularni chetlab o'tib, chegarani buzib kirganlar yoki kirishga harakat qilganlarga nisbatan keskin chora ko'rishni ta'minlovchi qonunlar ham mavjud, deyiladi so'nggi bayonotda.

O'tgan yillarda Markaziy Osiyodan, xususan O'zbekistondan Meksika orqali AQShga kirishga urinayotgan migrantlar oqimi kengaygani kuzatiladi. Bayden ma'muriyati nazoratni mahkamlayotganini bildiradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG