Federal qidiruv byurosi AQShdan boshpana so'rab Meksika orqali kirgan o'ndan ziyod O'zbekiston fuqarosini tergov qilmoqda. Razvedka ma'lumotlariga ko'ra, ular AQShning janubiy chegarasiga IShID ga aloqador kontrabanda guruhi yordamida yetib kelgan. Garchi IShID ning konkret rejasiga doir biror ma'lumot bo'lmasa-da, byuro o'zbekistonliklarni atroflicha tergovdan o'tkazishga qaror qilgan.
"Amerika Ovozi" jurnalisti Navbahor Imamova kuni kecha AQShning Toshkentdagi Bosh konsuli Robert Romanovski bilan qilgan suhbatida ham AQSh-Meksika chegarasidan boshpana so'rab kirib kelayotgan o'zbekistonliklar mavzusini muhokama qilgan edi.