Breaking News

Ellis oroli – AQShning tarixiy darvozasi


Ellis oroli – millionlab muhojir AQShga kirgan darvoza
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:47 0:00

AQShga immigratsiya doim ham murakkab jarayon bo’lmagan. Bundan 100 yil oldin Amerikaga kelgan muhojirdan ism-sharifi, kasbi va qayerdan kelgani so’ralar edi xolos. 62 yil davomida ishlagan Ellis oroli orqali millionlab immigrantlar mamlakatga kirib kelgan.

Migratsiya AQSh tarixining bir qismi. O’nlab yillar davomida muhojirlar bu mamlakatga Nyu-Yorkdagi Ellis oroli orqali kirib kelgan.

“Ularning sog’ligi tekshirilgan. So’ngra 20 ta savoldan iborat anketani to’ldirishgan. Savollar yillar davomida o’zgarib borgan”, - deya tushuntiradi Jerri Villis, Ellis orolining immigratsiya milliy muzeyi xodimi.

20-asr oxirida Ellis oroli Amerikada immigrantlarni tekshiradigan va ro’yxatga oladigan eng gavjum punkt edi. 1892-1954 yillar orasida 12 milliondan ortiq odam Nyu-York shahri ostonasidagi aynan shu orol orqali Amerikaga kirgan.

Xususan 1907-yil eng gavjum yil bo’lgan. Bir million odam Ellisda tekshiruvdan o’tib, AQShga kiritilgan.

U paytlarda Amerikaga kirish mukarrab jarayon emas edi, deydi Villis. Bir necha savolga javob berish talab qilingan, savollar yillar osha o’zgarib borgan.

“Anarxistlar katta xavotir uyg’otgan. Yevropadan kelayotganlar orasidan anarxistlarni ajratish uchun “Siz anarxistmi” degan savol ham bo’lgan anketada”, - deydi Villis.

Shuningdek, kasbi va turar joyi haqida boshqa savollar bo’lgan, deydi Sara Saydman.

“1880-yillarga qadar haqiqatan shunday edi. Yetib kelsangiz, fuqarolik uchun ariza topshirardingiz”, - deydi u.

1912-yil
1912-yil

Ammo yillar o’tishi bilan jarayon ham murakkablashib bordi.

“1924-yilda turli guruhlar uchun kvotalar qo’shishgan. 1965-yilda kvotalar bekor qilingan, lekin talab qilinadigan hujjatlar ko’paygan. Bu haqiqatan zamonaviy immigratsiya davrining boshlanishi edi. Bugun AQShga dunyoning turli burchaklaridan kelishmoqda, ammo qonuniy immigrant bo’lish uchun bir necha bosqichlardan o’tasiz”, - deydi Saydman.

20-asr oxirida kelgan muhojirlarning atigi 2 foizigina vataniga qaytarilgan. “NBC News” telekanaliga ko’ra, AQSh-Meksika chegarasi orqali kirishga urinayotgan muhojirlarning taxminan 14 foizi deportatsiya qilinmoqda.

Jarayon bugun murakkab bo’lsa-da, bu AQShga migrantlar oqimini to’xtatgani yo’q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG