Breaking News

Amerikaga Meksika orqali kirgan rossiyalik oila


AQShda yangi hayot boshlayotgan rossiyalik qochqinlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:01 0:00

Rossiyalik Galina Jalibina urush boshlangandan so’ng eri bilan Amerikaga qochdi. Mamlakatga AQSh-Meksika chegarasi orqali kirdi. Hukumat ularga Nyu-Yorkdan boshpana berdi. Oila uch oydan so’ng uy topishga muvaffaq bo’ldi.

“Endi o’z oshxonamiz borligidan xursandmiz. Hali mebellarimiz yo’q, lekin matras oldik, chamadonlarimiz tumbochka vazifasini o’tamoqda”, - deydi Galina.

Oila yaqingacha Nyu-York shahridagi uysizlar boshpanasida edi. Bir necha hafta oldin uy topishga muvaffaq bo’ldi. Oila mamlakatga AQSh-Meksika chegarasi orqali noqonuniy kirgan.

“Nyu-Yorkdagi birinchi kunimizdayoq qochqinlarga xizmat koʻrsatish markazi xodimlari bizga blanka berishdi, rus tilida! Hayron qoldim”, – deydi Galina.

Texas chegara xizmati vakillariga koʻra, Ukraina bosqinidan bir yil oʻtib, 30 mingga yaqin rossiyalik AQShdan boshpana soʻrab murojaat qilgan. Nyu-York immigratsiya sudiga ko'ra, 2021-yilning oktabr oyidan beri birgina Nyu-Yorkdan 11 000 ga yaqin odam boshpana so'ragan.

“Shunday vaqtlar bo’ldiki, endi urush boshlangan kunlari, xuddi aqldan ozayotganday his qildim o’zimni. Ochiqchasiga gapirish qo’rqinchli edi, xuddi kimdir borib yetkazadiganday”, - deydi qochqin.

Yangi yurtda hamma narsani noldan boshlash oson emas. Galina farroshlik qilmoqda, eri esa ustachilik, kondisionerlarni tuzatadi.

“Ammo ketishga to’g’ri kelishi mumkinligini anglasangiz, qattiq ishlashga tayyor bo’lasiz, har qanday ish qilishga tayyor bo’lasiz, qanchalik yoqimsiz bo'lmasin! Qulay hayot kechirmasangiz-da, AQShda och qolmasangiz kerak”, - deydi ayol.

Kredit tarixi va zarur hujjatlarsiz uy topish qiyin bo'ldi. Nihoyat uch oydan so’ng Bronks tumanidan joy topildi.

Oila yangi yurtga endi o’rnashmoqda. Ba'zida Nyu-Yorkda Rossiyaning Ukrainadagi urushiga qarshi namoyishlarda ishtirok etishadi. Rossiyada esa xavfsizlik yuzasidan oilaning faqat bir a’zosi namoyishlarga chiqqan.

“Bu yerda butun oila bo’lib namoyishga chiqdik. Boshqa tuyg’u. Rossiyada kim chiqishini muhokama qilardik, erimmi yoki men? Chunki har ehtimolga qarshi o’g’limiz bilan birov uyda qolishi zarur edi. Politsiyachilardan qo’rqmasangiz, bu juda katta narsa”, - deydi Galina.

Oila bir haqiqatni biladi: yangi mamlakatga o’rganish, yangi jamiyatda o’z o’rnini topish oson kechmasa-da, hech bo’lmaganda bu yerda erkinlik bor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG