Breaking News

Yaponiya minglab ukrainalik qochoqlarga boshpana berdi


Yaponiyadagi ukrain qochqinlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:25 0:00

Yaponiyadagi ukrain qochqinlar

Yaponiya 2300 ga yaqin ukrainalikka boshpana bergan. 2021-yilda butun dunyodan atigi 74 qochqinni qabul qilgan bu davlat uchun bu misli ko‘rilmagan ko‘rsatkichdir. “Amerika Ovozi” Ukrainadan Yaponiyaga ko’chgan oilalardan birining xonadonida bo’ldi.

Oksana va Natalya Paramonovalar Yaponiyaga 2023-yil boshida ko’chishgan. Natalya Sumi viloyatining bir necha bor Rossiya qo'shinlari hujumiga uchragan Shostka shahridan.

“Juda tushkun holatda edim. Oksana Italiyadan kelib, “onajon, ketishimiz, sog’lig’ingizni o’ylashimiz kerak”, deb meni bu yerga olib keldi. Otasi Ukrainada qolgan”, - deydi onaxon.

Kenja qizi Yaponiyada istiqomat qilgani sababli Natalya Paramonova va uning qiziga evakuatsiya qilinganlar maqomi berildi. O’tgan 1,5 yilda taqriban 2300 ukrainalik Yaponiyaga kelgan. Mamlakat 2021-yilda 74 tagina qochqinni qabul qilgan.

Ukrainaning Yaponiyadagi elchisi Sergey Korsunskiy deydiki, Yaponiyaga kelish uchun homiy bo’lishi kerak. Bu qarindosh, yaqin do'st, kompaniya yoki universitet bo’lishi mumkin. Qolgani Yaponiya hukumatiga bog’liq.

“Ukrainaliklarni Yaponiyaning har burchagida uchratasiz - Xokkaydodan Okinavagacha. Har bir prefektura va meriyada evakuatsiya qilinganlar uchun ko’mak markazlari tuzilgan. Ular uy-joy bilan ta’minlanyapti, farzandlari maktabga qatnayapti, ota-onalar ishlashiga ruxsat bor. Ukrainlarning yaponlar kabi tibbiy sug'urtasi ham bor", - deydi elchi.

AQShga ko'chib kelgan ukrain qochqinlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:19 0:00

Tokio tevaragida o’rnashgan Paramonovalar oilasi faqat kommunal xizmatlar uchun to‘laydi.

“Yaponiya yopiq jamiyat degan tasavvur bor. Ammo joylashganimizdan so’ng o’zimizni uydagidek his qildik. Qulay, odamlari ham mehribon”, - deydi Oksana.

Himavari kabi maxsus markazlar ham yordamlashyapti. Uni ruhiy travma olganlarga yordam berishga ixtisoslashgan psixolog Mariko Ukiyo yuritadi.

“Men urushni to’xtatolmayman, Amerika prezidenti ham to’xtatolmaydi. Ammo Yaponiyaga ruhiy jarohat bilan kelgan odamlarga yordam berish qo’limdan keladi”, - deydi psixolog.

Travma faqatgina psixologik emas. Qochqinlarga boshqa turdagi tibbiy ko’mak ham zarur. Oksana Paramonova saraton bilan olishyapti. Mariko Ukiyo unga malakali shifokor topishda yordamlashib, tarjimonlik ham qildi.

18 yashar Robert mana to‘qqiz oydirki Yaponiyada yashab keladi. Uning ish topishi va yapon tilini o‘rganishiga markaz yordamlashgan. Robertning orzusi - aviatsiya muhandisligi bo’yicha o’qishga kirish, Ukrainada qolgan oila a'zolari bilan ko'rishish.

“Bir yarim yildan beri chet ellarda yuribman.Yaqinlarimni juda sog’inganman”, - deydi yigit.

Natalya Paramonova urush tugashi bilan Ukrainaga qaytib, qayta qurish ishlarida qatnashmoqchi. Hozircha esa u yapon qo'shnilariga borsh pishirishni o'rgatyapti, yangi do'stlar orttiryapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG