Breaking News

Bayden: Ukrainaga qancha kerak bo'lsa, shuncha yordam beramiz


AQSh Prezidenti Jo Bayden Vilnyusda nutq qilmoqda, 2023-yil, 12-iyul.
AQSh Prezidenti Jo Bayden Vilnyusda nutq qilmoqda, 2023-yil, 12-iyul.

AQSh Prezidenti Jo Bayden NATOning tarixiy sammitini Ukraina uchun optimistik qaror va Moskvani qattiq ogohlantirish bilan yakunladi. Litva poytaxtida boʻlib oʻtgan ikki kunlik yigʻilishda Ukrainani Rossiya bosqiniga qarshi qo’llab-quvvatlash bo’yicha yakdil bayonotlar yangradi, ammo Kiyevni harbiy alyansga qoʻshish masalasida aniq muddat tilga olinmadi.

"Biz ikkilanmaymiz", - deya ikki marta takrorladi Bayden 4 asrlik Vilnyus universitetida yig'ilgan minglab odamlar oldida.

"Ukrainaga bo'lgan sadoqatimiz zaiflashmaydi, - deya qo’shimcha qildi U. - Biz bugun, ertaga va qancha vaqt kerak bo'lsa, shuncha vaqt erkinlik uchun turib beramiz".

Kassetali o'q-dori masalasi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Vashingtonning Kiyevni 120 dan ortiq davlat tomonidan taqiqlangan kassetali bombalar bilan ta’minlash qarorini himoya qilib, bu Ukrainaga Rossiya agressiyasidan o‘zini himoya qilishga yordam berishini aytdi.

Vashingtonning bu qarori NATO bo'yicha ba'zi ittifoqchilar orasida norozilikka sabab bo’ldi; chunki ularning aksariyati bunday qurollarni taqiqlovchi konvensiyani imzolagan.

Ukraina rahbarining taʼkidlashicha, Moskva jang maydonida kassetali oʻqlardan foydalanmoqda va shu bois Kiyev barcha vositalar yordamida o'zini himoya qilishga haqli.

NATO yetakchilari ikki kunlik yig‘ilish ortidan Kiyevning harbiy alyansga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi, biroq Zelenskiy xohlagandek, bu masalada aniq muddat yoki majburiyatni zimmalariga olmadi.

“Bugun biz teng huquqlilar sifatida uchrashyapmiz. Men ittifoqchilar sifatida uchrashadigan kunni intiqlik bilan kutaman”, - dedi NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg.

Seshanba kungi deklaratsiyada yetakchilar “ittifoqchilar rozi boʻlsa va shartlar bajarilsa, Ukrainaga ittifoqqa qoʻshilish taklifini joʻnatish imkoniyatiga ega boʻlamiz”, deb yozdi.

Ukraina ayni paytda Rossiya bilan urush holatida bo’lgani bois, NATOga qo’shila olmaydi; chunki bu NATO va Rossiyani bevosita harbiy ixtilofga tortishi mumkin.

Kreml Vilnyusda kechgan yig’inga o’zining keskin munosabatini bildirdi.

"G'arb uchun himoya qilishdan ko'ra o'ldirish muhimroq", - dedi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Telegram orqali.

Ukraina bo'yicha “Katta yettilik” deklaratsiyasi

Zelenskiy bilan bir qatorda, “ Katta yettilik”ning eng boy demokratik davlatlari yetakchilari alohida ikki tomonlama muzokaralar orqali Ukrainani uzoq muddatli xavfsizlik va iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash bo’yicha yangi rejani e’lon qildi..

May oyida Xirosimadagi “Katta yettilik” sammitida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash forumiga mezbonlik qilgan Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida, “Status-kvoni kuch yoki majburlash yo‘li bilan o‘zgartirishga bir tomonlama urinishlar dunyoning istalgan nuqtasida qabul qilib bo’lmas holat”, dedi.

Ukraina: Ko’p maqsadli Mi-8 vertolyotlari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:24 0:00

Baydenga ko’ra, “Katta yettilik”dagi ittifoqchilar "Ukrainaga quruqlik, havo va dengiz bo'ylab kuchli mudofaani qurishda yordam berishadi".

Vilnyusdan keyin Bayden Finlyandiya, Shvetsiya, Norvegiya, Islandiya va Daniya rahbarlari bilan uchrashish uchun Xelsinkiga bordi. Shvetsiya NATOga qo'shilar ekan, Shimoliy Yevropaning barcha besh mamlakati endi harbiy ittifoqning a’zosiga aylandi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG