Breaking News

Saylov-2024: Siyosiy reklamalarda sun'iy intellekt ishlatilishi qanchalik muammo?


Oq uy, Vashington, 6-iyul, 2023
Oq uy, Vashington, 6-iyul, 2023

AQShda 2024-yilgi president saylovi uchun kampaniya allaqachon boshlanib ketgan. Siyosiy reklamalarda sun’iy intellekt keng qo’llanilmoqda va uni reallikdan ajratish qiyin.

Respublikachilar partiyasining “YouTube” kanalidagi yangi reklamasi sun’iy intellektga asoslangan. Tayvanda portlashlar, Meksika bilan chegarada migrantlar yanada ko’paygani, San-Fransisko shahrida jinoyat kengligi, shaharda favqulodda holat e’lon qilingani – bu tasvirlarning birortasi haqiqiy emas.

Donald Tramp so’zlayotgan videoda ham uning ovozi sun’iy intellektdan, o’zidan bevosita olinmagan.

“Google” kompaniyasi egalik qiladigan “YouTube” yaqinda bunday kontentga ruxsat berdi.

Ammo sun’iy intellekt ishlatilgani tomoshabinga aytilishi shart.

Bu sohani o'rgangan Mark Gregoryevski deydiki, masala murakkab, chunki aksariyat odamlar farqiga bormasligi mumkin.

“Siyosiy reklamalarda sun’iy intellektning qo’llanishi hozirda osonlashgan va arzonlashgan. Har qanday odam, puli bo’lsa, ularni o’zi uchun yaratishi mumkin. Ular tarqashi bilan xitga aylanmoqda, to’xtata olmaysiz”, - deydi ekspert.

Nomzodlar esa bu reklamalar orqali saylovchilar ko’ngliga yo’l qidirmoqda.

“Prezident saylovi natijasini na u va na bu partiyaning a’zosi bo’lmagan, mustaqil saylovchilarning ovozi hal qiladi. Olti foiz saylovchini o’zingizga og’dira olsangiz, Oq uy sizniki. Siyosiy reklamalar azaldan kuchli ta’sir ko’rsatadigan tashviqot”, - deydi Gregoryevski.

AQSh prezidentining ofisi, Oq uy, Vashington
AQSh prezidentining ofisi, Oq uy, Vashington

Qator shtatlarda qonunchilar reklamachilardan haqqoniy ma’lumot berishni, soxta tasvirlar orqali saylovchini aldamaslikni talab qilmoqda.

Audio va video sun’iy intellektga asoslangan bo’lsa-da, gapirayotgan va ko’rinayotgan odam real, deydi reklama buyurtmachilari. Tomoshabinga mahsulot sun’iy intellekt orqali ishlangani aytilmasa, jarima solinadi, xususan Viskonsin va Michigan shtatlari bu choralarda boshqalaridan oldinda.

“Saylovchi haqiqatni bilishi shart, ayniqsa agar targ’ib qilinayotgan odam biror ish qilayotgani ko’rsatilsa yoki va’dalar berayotgan bo’lsa. Aks holda bu yolg’on reklama”, - deydi Michigandan siyosatchi Penelopi Tsernoglu.

Demokrat senator Eymi Klobushar Kongressni sun’iy intellekt ustidan nazoratni mahkamlashga undamoqda. “Meta” va “X” kompaniyalariga murojaat qilib, senator bu sohada bizneslarning tartibi qanday ekanini surishtirmoqda. Siyosiy reklamalar, masalan, qanday tekshiriiladi?

“2024-yilgi saylovlar yaqin. Biz esa xavotirdamiz – sun’iy intellektga asoslangan siyosiy reklamalar sizning platformalaringizda qay qoidalarga binoan joylashtiriladi? Saylovlarimiz erkin va adolatli o’tkazilishi uchun siz nima qilayapsiz?” deya talab qilmoqda senator.

“Meta” kompaniyasi shu kunlarda qilgan e’longa ko’ra, siyosiy reklamalarda sun’iy intellekt man qilinadi. U ishlatilgan targ’ibot, masalan, "Facebook" da qo’yilmaydi.

“X” kompaniyasi esa hozircha jim.

Siyosiy reklamalarda sun'iy intellekt
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:10 0:00

XS
SM
MD
LG