Breaking News

AQShga vizani Markaziy Osiyoda asosan O'zbekiston va Qozog'iston fuqarolari olmoqda


2022-yilda Markaziy Osiyoning besh respublikasidan AQShga 49 mingan oshiq immigratsion va noimmiratsion viza berilgan. Amerika mintaqada Ostona, Almati, Toshkent, Bishkek, Dushanbe va Ashgabatda konsulliklarga ega.

AQShning Toshkentdagi konsulligi bu davlatga doimiy yashash va ishlash imkoniyatini beruvchi lotereyani yutganlarga zarur vizani berishda ayni damda jahonda yettinchi o'rinda, ya'ni O'zbekistondan grin-karta tasdig'i bilan Amerikaga yo'l olayotganlar eng yuqori sonlarda.

Tartib bo'yicha, har yili jahonning turli burchaklaridan 55 ming kishiga bunday huquq nasib etadi. Biror davlatdan tanlanganlar soni yuqoridagi ko'rsatkichning 7 foizidan oshmasligi zarur, ya'ni 385o dan.

Grin kartaga yo'l faqat lotereya orqali emas. AQShga ish va oilaviy omillar tufayli ham immigratsiya qilish mumkin.

2023-yilgi hisobot hali chiqmagan, ammo 2022-yilda AQShning Janubiy va Markaziy Osiyodagi konsuliklari 59,544 immigrant vizasi va 786,500 noimmigrant vizasi bergan.

Qozog'istonda Almati shahridagi konsullik 1,772 immigrant va 9, 376 noimmigrant vizasi bosgan. Ostonadagi konsullik 13, 217 noimmigrant vizasini chiqargan.

O'zbekistonda Toshkentdagi konsullikda 4,798 fuqaro immigrant vizasi olgan. 10, 247 o'zbekistonlik esa biznes, sayyohlik va boshqa turdagi vaqtincha vizalarni qo'lga kiritgan.

Qirg'izistonda Bishkekdagi konsullikdan immigrant vizalar soni 1, 601 ta, noimmigrant vizalarniki esa 4, 501.

Tojikistonda Dushanbedagi konsullikdan hech kimga immigrant vizasi berilmagan, faqat noimmigrant viza chiqarilgan, 1, 578 ta.

Turkmanistonda Ashgabatdagi konsullik 563 kishiga immigratsion, 664 kishiga esa noimmigratsion viza tutkazgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG