Vatanida dafn qilinishdan mosuvo qrim-tatar jangchisi
3-dekabr kuni Kiyev yaqinidagi qishloqda Ukraina urushida halok bo’lgan 39 yoshli qrim-tatar jangchisi Ablyazis Useinov tuproqqa qo’yildi. Useinov Kupyansk yaqinida borayotgan janglarda, noyabr oxirida o`lgan. Useinov surgunda, Qozog’istonda tug’ilgan, keyinchalik tarixiy vatani Qrimga ko’chib kelgan. Qrim Rossiya tomonidan ishg’ol qilinishi ortidan Kiyevga kelib, ko´ngillilar safida Ukraina sharqidagi jangovar harakatlarda qatnashadi. Rossiya Ukrainaga urush ochishidan so`ng ko’ngilli tarzda Ukraina qurolli kuchlari safiga qo’shiladi. Qrim-tatar Milliy majlisi raisi Refat Chubarovning aytishicha, Useinov Qrim ozodligi uchun kurashib halok bo’ldi, Rossiya bosqini qrim-tatarlarini o’z vatanlarida dafn qilinishlariga imkon bermadi.
Siz uchun
-
Noyabr 21, 2024
Normal hayotni davom ettirishga urinayotgan ukrainaliklar