Breaking News

O'zbekistonda kiber jinoyatlarga qarshi kurashuvchi mintaqaviy markaz ochilmoqda


"Group-IB" Singapurda asoslangan xalqaro firma bo'lib, kiber xavfsizlik xizmatlarini ko'rsatadi
"Group-IB" Singapurda asoslangan xalqaro firma bo'lib, kiber xavfsizlik xizmatlarini ko'rsatadi

Kiber xavfsizlik xizmatlari ko'rsatuvchi xalqaro firma "Group-IB" yangi yil oldidan e'lon qilishicha, Toshkentda uning markazi ochilmoqda.

Raqamli texnologiya orqali qilinadigan jinoyatlarni tekshirish, bartaraf etish va kuchli choralar joriy etish kabi faoliyati bilan tanilgan biznes Markaziy Osiyodagi ishlarini O'zbekistondan muvofiqlashtiradi.

Markaziy Osiyo har sohada xalqaro tizimlar bilan yaqindan bog'lanish harakatida ekan va har bir davlat raqamlashtirishning nozik pallasida ekan, "Group-IB" nazarida internet hujumlar ham oshib boraveradi, davlatga va fuqarolarga.

Firmaning qayd etishicha, mintaqaga asosiy kiber tahdid Rossiya xakerlaridan keladi.

Hukumatlar oxirgi yillarda global tarmoqni xavfsizlashtirish bo'yicha qator dasturlar tuzgan. "Group IB" ularning amaliyotida ko'maklashmoqchi.

Shu yilning avgustida "Group-IB" O'zbekiston Markaziy banki bilan hamkorlik memorandumi imzolagan. Maqsad - kiber xavfning oldini olish, internetdagi jinoyatlarga qarshi kurashishni jadallashtirish va ayniqsa moliyaviy tizimlarni mustahkamlash.

"Group-IB" yosh mutaxassislarni ishga olayotganini bildiradi, xususan Toshkentdagi INHA universiteti, Vebster universiteti, Toshkent Axborot texnologiyalari univertsiteti va boshqa dargohlarning talabalari va bitiruvchilarini.

O'zbekistondagi idora, "Group-IB" ma'lum qilishicha, poytaxtdagi IT Park majmuasida joylashgan. Unda 21 xodim bor, barchasi yoshlar.

Bu mutaxassislar onlayn tovlamachilik va firibgarlikka nisbatan choralar, tahdid manbalarini o'rganish va tahlil qilish hamda raqamli texnologiya muhofazasi kabi ishlar bilan band.

​"Group-IB" Toshkentdagi markazga mintaqaning boshqa qismlaridan ham ekspertlarni jalb qilib, global tajribaga ega xorijliklarni olib kelishni va'da qilmoqda.

Idora O'zbekistonda va qo'shni davlatlarda kiber xavfsizlik masalalari bilan shug'ullanadigan organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG