Breaking News

Olimlar sun'iy intellekt yordamida zilzilani bashorat qilmoqda


Zilzilani oldindan bashorat qilayotgan sun'iy intellekt
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:08 0:00

Texas universiteti tadqiqotchilari zilzilalarni yaxshiroq bashorat qilish uchun sun'iy intellektdan foydalanmoqda.

Vayronakor zilzilalar hech qanday ogohlantirishsiz yuz beradi.

Sergey Fomel - Ostindagi Texas universitetining geofizika professori.

“Zilzilani bashorat qilish seysmologiyaning muqaddas burchi. Odamlar buni 100 yildan beri amalga oshirishga urinib keladi”, - deydi u.

Texas universiteti jamoasi sun'iy intellekt va katta ma'lumotlar tahlilidan foydalangan holda halokatli zilzilalarni prognoz qiladigan yangi modelni ishlab chiqdi. Uni ikki yil davomida real zilzilalarni bashorat qilish musobaqasida sinovdan o’tkazishdi.

Guruh rahbari, iqtisodiy geologiya byurosi professori Yangkang Chenning ta'kidlashicha, ularning modeli zilzilalarning magnitudasi, joylashuvi va sodir bo'lishini 70 foiz aniqlik bilan bashorat qila olgan va tanlovda g’olib chiqqan.

"Musobaqa tufayli biz juda yaxshi ma'lumotlar to'plamiga, eng muhimi, real sinov imkoniyatiga ega bo’ldik", - deydi u.

Chenga ko’ra, sun’iy intellekt kelayotgan va chiqayotgan ma’lumotlarni tahlil qilib, umumiy jihatlarini topadi. Buni odam aqli bilan amalga oshirish juda qiyin.

Universitet jamoasi TexNet – Texas seysmologik tarmog'i bilan ishlaydi. U yerda Aleksandr Savvaydis bosh tadqiqotchi.

“Biz yer silkinishlari yoki elektromagnit sensorlar tizimining qaysi parametrlari zilzilalar oldidan o‘zgarib borayotganini aniqlashimiz mumkin. Shu orqali biz kelajakda bu parametrlar qachon yana o‘zgarishini ko‘rishimiz mumkin. Agar ular o'zgarsa, zilzila bo'lishi kutiladi”, - deydi u.

Jamoa ba'zi zilzilalarni bir hafta oldin, aksariyatini esa zilzilaga ancha yaqin qolganda taxmin qilgan.

“Eng aniq bashorat zilzila boshlanishidan biroz avval bo’lishi mumkin. Erta ogohlantirish tizimlari uchun ozgina vaqt bo'lishi kifoya", - deydi Fomel.

Jamoa zilzilani oldindan bashorat qilish imkoniyatini yaxshilash uhcun turli geografik joylarda real vaqt rejimida ko'proq sinovlar o’tkazmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG