Breaking News

Iqtisodiy, siyosiy mavhumlik Rossiyada demografik inqirozga olib keldi


Rossiyada nega tug'ilish darajasi pasayib ketdi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:24 0:00

Keyingi yillarda Rossiyada tug’ilish darajasi keskin pasayib ketdi. Bunga sabab – xalq orasida iqtisodiy farovon, siyosiy barqaror kelajakka ishonch yo’qligi.

O'n yil oldin Rossiyada har yili ikki million bola tug'ilgan. 2023-yilda esa rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, bir million 200 yuz ming bola dunyoga kelgan. Bu Sovet Ittifoqi parchalanganidan beri eng past ko'rsatkich.

Bu raqamlar ruslar farzand ko’rishga ortiq shoshilmayotganini ko'rsatadi. Sotsiologlarning fikricha, bunga qator sabablar bor.

"Umuman olganda, iqtisodiy ahvol yomonlashdi, odamlar yaxshi yashamayapti, farzand katta qilish uchun kelajakka ishonch bo'lishi kerak", - deydi sotsiolog Anton Orex.

Kelajakka pessimistik qarashlar Ukrainaga bostirib kirish bilan ham bog’liq. Farmatsevtika bozori tahlilchilariga ko’ra, 2022-yilda urush boshlanganidan keyin Rossiyada abort tabletkalariga talab 60 foizga oshgan.

Kreml demografik inqirozga oid ma’lumotlarni oshkor etishni istamaydi. Lekin mustaqil tahlilchilar, muxbirlar Ukraina-Rossiya urushini muhim omillardan biri sifatida ko’radi.

“Eng katta sabab, albatta, urush va Putinning Rossiyaga, davlatga, xalqiga qarshi jinoyati”, - deydi jurnalist Galina Sidorova.

Tug'ilish sur’ati pasayishi hukumatni oilalarga yordam berish rejasini ishlab chiqishga majbur qildi. Rossiyaning bir qancha mintaqalarida xususiy klinikalarda abort taqiqlandi. Kreml ko‘p bolali oilalarni rag‘batlantirish strategiyasini ishlab chiqishga kirishdi.

“Eslang, ilgari rus oilalari qanday bo'lardi? Momolarimiz yetti-sakkiz, hatto undan ham ko‘proq farzand ko‘rishgan. Keling, o‘sha ajoyib an’analarni qaytaraylik, targ‘ib qilaylik”, - deydi mamlakar rahbari Vladimir Putin.

Kuzatuvchilar fikricha, mamlakat urush domida ekan, ko’p farzandlikka doir an’analarni saqlash haqidagi gaplar befoyda.

"Bir-biriga qarama-qarshi ikkita narsa bor: tug'ilish darajasini oshirishga harakat va qurolli ziddiyatlarda ishtirok", - deydi Orex.

2024-yilda mamlakatda tug’ilish darajasi yanada pasayishi kutilyapti. AQSh razvedkasi ma’lumotlariga ko’ra, Ukrainada ikki yilda 315 ming rus askari halok bo’lgan yoki yaralangan. Kreml urushga 211 milliard dollar sarflagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG