Breaking News

AQSh diplomati: Ukrainaliklar uchun adolatni tiklaymiz


AQShning Global jinoiy adolat bo’yicha elchisi Bet Van Shaak
AQShning Global jinoiy adolat bo’yicha elchisi Bet Van Shaak

Ukraina rasmiylarining xabar berishicha, Rossiya Ukrainaga bostirib kirgandan beri o’tgan ikki yil ichida Rossiya kuchlari tarafidan 125 000 dan ortiq harbiy jinoyatlar sodir etilgan. 2023-yilda esa Xalqaro jinoiy sud Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni Ukrainalik bolalalrni Rossiyaga deportatsiya qilish bilan bog’liq harbiy jinoyatlarda ayblab, hibsga olish uchun order berdi.

AQShning Global jinoiy adolat bo’yicha elchisi Bet Van Shaak “Amerika Ovozining Ukraina xizmatiga bergan intervyusida aytishicha, Ukraina hududida AQSh fuqarolariga qarshi harbiy jinoyatlarda ayblanayotgan Rossiya rahbariga nisbatan Xalqaro jinoyat Sudi tarafidan uni hibsga olish uchun qo’shimcha orderlar berilishi mumkin.

E’tiboringizga elchi bilan o’tkazilgan intervyuni havola qilamiz.

Amerika Ovozi: Rossiyaning Ukraina tajovuziga ikki yil to’lishi arafasida Ukraina rasmiylari Rossiya harbiylari tarafidan 125 000 ortiq harbiy jinoyatlar sodir etilganini qayd etdi. Bu bir yil avvalgi ko’satkichdan ikki barobar ko’p. Bu yil adolat o’rnatish masalasida siljish bormi?

Van Shaak: Ha, albatta. Biz hozir Vahshiylik Jinoyatlari bo’yicha maslahat guruhi bilan Ukraina bosh prokuroriga yordam beradigan mustahkam asos yaratdik va bu ishlar oldinga qarab siljiyapti. Shuningdek, Xalqaro jinoiy sud tarafidan ham faollik kuzatdik, ya’ni Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning o’zi va Bolalar huquqlarini himoya qilish komissari Mariya Lvova-Belovani hibsga olish to’g’risida qarorlar berildi.

Va nihoyat, biz Gaagada Jinoiy tajovuzkorlikni ta’qib qilish Xalqaro Markazining tashkil qilinishiga guvoh bo’ldik. Bunda bir guruh mustaqil prokurorlar Ukrainada ko’pchilik jinoyatlar otasi deb atayotgan, biz shu kunga qadar ko’rgan barcha harbiy jinoyatlarga turtki bo’lgan va insoniyatga qarshi harbiy jinoyatlarni yuzaga keltirgan asl negizni o’rganib, jinoiy javobgarlikka tortishga harakat qilishadi.

Amerika Ovozi: Ta’kidlaganingizdek, Xalqaro jinoiy sud bu yil Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga qaror berdi. Biz uning chet elga ko’p sayohat qilganini kuzatmaymiz. Nima deb o’ylaysiz, dunyo Putinni hibsga olish va uni sodir etilgan harbiy jinoyatlar uchun javobgarlikka tortishga qanchalik yaqin?

Van Shaak: Biz bu sud jarayoni uzoq vaqt olishini tushunishimiz kerak. Bu murakkab sud ishi. Xalqaro jinoiy sud (ICC) sud jarayonini sirtdan olib bora olmaydi, ayblanuvchi hibsga olinganidan keyingina sud jarayoni to’liq davom etishi mumkin. Bunga qadar esa, guvohlarni ko’rsatma berishga tayyorlash, muhim sud hujjatlarini yig’ish, dunyo bo’ylab prokurorlar bilan ishlash holatlarini olib borishadi.

Biz allaqachon bu qarorning ta’sirini ko’rdik. Putin Janubiy Afrikada bo’lib o’tgan BRICS konferensiyasiga taklif etildi, biroq u kelmadi. Chunki Janubiy Afrika, uning sud tizimi va jamiyati Rim statusiga muvofiq qator majburiyatlarga ega. Har qanday Xalqaro jinoiy sudga a’zo davlat uning chiqargan qarorlariga rioya qilishi va sud tarafidan hibsga olish haqidagi talablarni bajarishga majbur.

Ukraina urushiga ikki yil to’ldi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:29 0:00

Amerika Ovozi: Rossiya rahbariga qarshi bundan boshqa yana hibsga olish qarorlari bo’ladi deb o’ylaysizmi?

Van Shaak: Biz tergov Gaagada, prokuraturada olib borilayotganini bilamiz. Bu ishda tinch aholiga hujum va harbiy asirlarga nisbatan vahshiy munosabatlar ko’rib chiqilyapti. Ichonchimiz komil, asl ayblanuvchilarga yana qo’shimcha ayblovlar qo’yiladi yoki Rossiya qo’mondonligi tizimadagi yana boshqa shaxslarga yangi hibsga olish qarorlari beriladi.

Amerika ovozi: AQSh Rossiyaning Amerika fuqarolariga qarshi harbiy jinoyatlari bo’yicha ilk tergovni boshladi. Bu muhim deb o’ylaysizmi va shunga o’xshash holatlar ko’payadimi?

Van Shaak: Bu ajoyib hodisa. O’ylaymanki, Qo’shma Shtatlar, Adliya vazirligi va uning harbiy jinoyatlar bo’yicha javobgarlik guruhi Ukrainadagi harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlarga qay darajada adolat bilan o’z hissasini qo’shayotganini ko’rsatadi. Umid qilamanki, mazkur hodisa ko’plab ayblovlarning boshlanishi bo’ladi. Yana bir bor aytaman, bizning tizimga ko’ra, ayblanuvchini hibsga olishimiz muhim. Mazkur shaxslar qayerda bo’lmasin, ular qamoqqa olinishga va Qo’shma Shtatlarga ekstraditsiya qilinishga mahkum.

Amerika Ovozi: AQSh Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqinchilik jinoyatlarini tergov qiluvchi Xalqaro tribunal tashkil etilishini qo’llab-quvvatlashini e’lon qildi. AQSh va uning hakmkorlari bu borada umumiy xulosaga kelishdimi?

Van Shaak: Biz bosqinchilik jinoyatlarini o’rganuvchi tribunalning yaralishiga yaqinmiz. Yevropa Tashqi harakatlar xizmatining o’zi Ukraina tizimiga to’liq mos keladigan haqiqiy Xalqaro tribunal va unung gibrid modeli o’rtasidagi bo’shliqlarni to’ldiruvchi bir nechta yangicha fikrlarni taklif qildi. Shuning uchun xalqaro jinoiy ishlar bo’yicha mutaxassis bo’lgan huquqshunoslar va diplomatlar har oy nozik tafsilotlarni muhokama qilish uchun yig’ilib turishadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG