Breaking News

Berlin Kiyevga uzoq masofali rakatelarni yetkazish payidaligi oshkor bo'ldi


Germaniya va Ukraina rahbarlari, Arxiv.
Germaniya va Ukraina rahbarlari, Arxiv.

3-mart kuni Rossiya Ukrainaning Odessa shahriga dron hujumini amalga oshirdi, kamida 10 kishi halok bo’ldi.

Vayronalar ostida qolganlarni olib chiqish uchun qutqaruvchilar jalb etildi.

Prezident Volodimir Zelenskiy ko’p qavatli binoga Eron Rossiyaga yetkazib berayotgan minglab “Shahid” dronlaridan biri urilganini ma’lum qildi.

Xalqaro hayot - 4-mart, 2024-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:48 0:00

G’arb yordamiga tayanadigan Ukraina Rossiyaning olisdagi pozitsiyalariga zarba berish uchun uzoq masofaga mo’ljallangan qurollarni so’rab keladi.

O’tgan hafta Germaniya Britaniya va Fransiya Ukrainaga yetkazib berayotgan raketalardan ikki baravar uzoqqa yetadigan “Taurus” raketalarini Kiyevga uzatishni rejalayotganiga doir axborot sizdirildi. Yangilik Rossiya rasmiylarining g’azabini oshirdi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yevropadagi “urush lagerini” “Rossiyaning strategik mag’lubiyati” uchun kurashayotganlikda aybladi. Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga qo’shilganini qoraladi.

“Taurus” qanotli raketalarini Ukrainaga yetkazish to’g’risidagi audio sizdirilgani ortidan Germaniya Kiyevga harbiy yordamni kuchaytirishni, Rossiyani Qrim bilan bog'laydigan ko’prikka zarba berish ehtimollarini muhokama qilgani ma’lum bo’lgan.

Vatikanga tashrifi chog’ida Germaniya kansleri Olaf Sholts axborot sizdirilishi yuzasidan tezkor va atroflicha tergov o’tkazilishini ma’lum qildi.

Bu orada Rossiya kuchlari Ukrainadagi aholi turarjoylari, maktablar va energetika inshootlarini vayronaga aylantirishda davom etmoqda.

Ukrainaga bosqinning uchinchi yili davom etar ekan, Rossiyada Vladimir Putin hukumatiga qarshi eng jarangdor ovoz endi yangramaydigan bo’ldi.

Rossiya xalqi panjara ortida sirli o’lim topgan muxolifat lideri Aleksey Navalniy bilan vidolashdi.

Rossiya ekranlarida sokin manzaralar aks etgan bo’lsa-da, mustaqil media va OVD-info nashri mamlakat bo’ylab 70 ga yaqin fuqaro hibsga olinganini ma’lum qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG