Breaking News

Baydenning yillik murojaati - saylov kampaniyasining bir qismi


AQShda prezident har yili Kongressda hisobot beradi
AQShda prezident har yili Kongressda hisobot beradi

Payshanba oqshomida AQSh Prezidenti Jo Bayden yillik hisoboti bilan mamlakatga murojaat qiladi. Kongressning har ikki palatasi oldida qilinadigan an’anaviy ma’ruzada so’nggi bir yilda qilingan ishlar, erishilgan yutuqlar, kelajak rejalar haqida gapiriladi.

Xalqaro hayot - 7-mart, 2024-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:38 0:00

Bayden iqtisodiy ahvol, immigratsiya, Ukraina va G’azodagi mojarolarga to’xtalishi kutilmoqda.

“Prezident Amerika xalqiga, Kongressga, butun dunyoga murojaat qilib, 3,5 yillik prezidentligini sarhisob qiladi, shu davr ichida amalga oshirilgan ajoyib yutuqlari haqida so’zlaydi, xoh iqtisodiyotda bo’lsin, xoh ta’lim sohasida, xoh sog’liqni saqlash sohasida. AQShning jahon sahnasidagi yutuqlari, Amerikaning dunyodagi liderligini tiklashga qaratilgan ishlari haqida gapiradi”, - deydi AQSh Milliy xavfsizlik kengashi so’zlovchisi Jon Kirbi.

Tahlilchilar Bayden G’azodagi vaziyatga jiddiy e’tibor qaratishini aytadi. Xabarlarga ko’ra, uning yillik murojaatini tomosha qilish uchun Kapitoliyga XAMAS garovga olgan amerikaliklarning oila a’zolari taklif etilgan.

“Uning oldingi yillardagi chiqishlari asosan ichki masalalarga urg’u bergan edi. AQSh tashqi siyosati, jumladan Yaqin Sharqdagi mojaroda shubhasiz ichki siyosiy komponent ham bor. Prezident bugun shu haqda ko’p gapirishi aniq, chunki bu masala hozir ko’plarning xayolida”, - deydi Vashingtondagi Uilson tahlil markazi eksperti Merissa Xurma.

Baydenning bugungi ma’ruzasi, deydi ba’zi kuzatuvchilar, saylov kampaniyasining bir qismi sifatida ham ko’riladi.

“Bayden Trampni mag’lub eta olishini ko’rsatishga harakat qiladi. Bu iqtisodiyot yoki immigratsiya sohalaridagi yutuqlarini namoyish etishdan ham muhimroq hozir”, - deydi sotsiolog Kris Jekson.

5-mart kungi Super Seshanbada Donald Trampning respublikachilar tanlovidagi yagona raqibi Nikki Xeyli atigi bir shtatda g’alaba qozonishi ketidan sobiq gubernator prezidentlik uchun poygani to’xtatishga qaror qildi. Tramp shu kuni 14 ta tanlovda g’olib bo’ldi. Noyabr oyida u so’nggi sakkiz yilda uchinchi bor asosiy saylovda demokrat raqib bilan bellashadi. Bu gal yana Tramp-Bayden dueliga guvoh bo’lamiz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG