Breaking News

Bayden: Isroil va XAMAS mart boshida sulhga kelishadi


Isroil Ramazon oyida G’azoda harbiy faoliyatini to’xtatishga rozi bo’ldi. Bu haqda AQSh Prezidenti Jo Bayden so’zladi.

Xalqaro hayot - 27-fevral, 2024-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:12:34 0:00

Arab davlatlari Isroil Ramazon paytida ham zo’ravonliklarni davom ettirsa, mintaqada ziddiyatlar yanada kuchayishi haqida ogohlantirgan.

Bayden bir haftadan so’ng Isroil va XAMAS o’rtasida sulh kelishuvi bo’lishini taxmin qildi. Ushbu tanaffus paytida XAMAS garovga olgan odamlar ozod etilishi kutilmoqda.

Taraflar so’nggi bor noyabr oyida bir necha kunlik tanaffusga kelishgan edi. O’shanda XAMAS 100 dan ortiq isroillikni qo’yib yuborgan, Isroil esa yuzlab falastinlik mahbusni qamoqdan chiqargan.

AQShda prezident sayloviga bir necha oy qolganda Baydenning yosh saylovchilar va musulmon saylovchilar orasida reytingi qattiq tushgan.

Odatda Demokratik partiyadan nomzodlarni qo’llab-quvvatlovchi arab millatiga mansub michiganlik saylovchilar bu gal Baydenga ovoz bermasligini bildirmoqda.

“2020-yilda Bayden saylov kampaniyasida ishlaganman, ko’p musulmonlar, ko’p arablar unga ovoz bergan. Michiganda musulmonlarning 75 foizi Baydenga ovoz bergan. Ammo hozir Falastinda oila a’zolarimiz hujumga uchramoqda, Bayden esa Isroilga falastinlik bolalar va ayollarni o’ldirish uchun bombalar jo’natmoqda. Naqadar jirkanchli holat. Uning bu qilmishidan xafamiz”, - deydi 23 yashar falastinlik-amerikalik Adam Abusalah.

2020-yil saylovida Bayden Donald Trampni Michiganda 155 mingta ovoz farq bilan mag’lub etgan.

“Baydenga ovoz bermasang, Trampga ovoz bergan bo’lasan” deydigan odamlarga gapim shuki, biz insoniyatga ovoz beramiz. Hozirgi rahbariyatga ishonmaganimiz uchun boshqasi prezident bo’ladigan bo’lsa, o’zlaridan ko’rishsin. Nega endi faqat mana shu ikki odamdan birini tanlashimiz kerak”, - deydi Amanda Saab ismli taniqli oshpaz ayol.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG