Breaking News

Jurnalistlar urushni Isroil qo'shinlari safida yoritishi qanchalik to'g'ri?


Isroil armiyasi polkovnigi Moshe Tetro speaks G'azoga kirishi kerak bo'lgan gumanitar yordam mashinalari yonida jurnalist bilan gaplashmoqda, Kerem Shalom, 10-yanvar, 2024
Isroil armiyasi polkovnigi Moshe Tetro speaks G'azoga kirishi kerak bo'lgan gumanitar yordam mashinalari yonida jurnalist bilan gaplashmoqda, Kerem Shalom, 10-yanvar, 2024

Isroil-XAMAS urushi to'rtinchi oyga kirar ekan, media uni yoritishga qiynalmoqda, chunki hududga kirish uchun yagona imkoniyat - yahudiy qo'shin bilan harakatlanish.

Isroil mudofaa kuchlari tomonidan qabul qilinishning o'zi mashaqqatli, ammo u yerdan turib berilgan axborotga ham ishonch past, deydi ko'plab mutaxassislar.

“G'azoga kira olmayotganimizdan norozimiz", - deydi Stiv Hendriks, "Vashington Post" gazetasining Quddusdagi byurosi rahbari.

“Hech kimni yaqinlashtirishmayapti. Orada ozgina imkon berishadi, lekin u ham o'ta cheklangan", - deydi jurnalist.

Dunyo ommasi esa shu darcha orqali vaziyat haqida bila olayapti xolos.

“Isroil armiyas nimani ko'rsatsa, shuni tomosha qilayapsiz”,- deydi Nur Oda, falastinlik tahlilchi, Ramallohdan "Amerika Ovozi" bilan gaplashar ekan.

Urushgacha jurnalistlar G'azoga Isroil matbuot idorasi va XAMAS ruxsati bilan kirib chiqar edi.

Sektorga Isroil matbuot xodimlari va umuman fuqarolari qadam tashlay olmaydi, shuningdek, boshqa hududlardagi falastinliklar ham yaqinlashishi mumkin emas.

Harbiylar safiga qabul qilingan bo'lsangiz, efir toki maqola rejasini armiya tekshiradi va ular chizgan chiziqdan chiqmaysiz.

“Armiya shartlari ostida ishlaysiz”, - deydi Jozef Federman, "The Associated Press" axborot agentligining Yaqin Sharqdagi yetakchi muxbiri.

7-oktabrdan beri faqat "CNN" kanaliga G'azoga harbiylarsiz kirishga yo'l berilgan, dekabr oyida.

XAMAS mediaga umuman ochiq emas va faoliyati yoritilishini taqiqlagan.

Isroilga XAMASni o'ldirilgan terroristlarni jurnalist deb aldayotganlikda ayblaydi. Muxbir deyilganlarning kamida yarmi jangarilar bo'lgan, deya bildiradi Tashqi ishlar vazirligi.

6-fevralgacha bo'lgan hisobga ko'ra, urushda 85 jurnalist o'ldirilgan. G'azoda qariyb 26 ming, Isroilda 1200 odam halok bo'lgan.

Mojarolar paytida mediaga qo'shimcha cheklovlar qo'yilishi yangilik emas, ammo Isroil haddidan oshib ketgan, deydi muxbirlar.

Biroq shunga ham shukur qilayotganlar bor. Ozgina bo'lsa ham ko'rganimiz, o'rgana olganimiz yaxshi emasmi, deya so'raydi ular.

Hendriks Isroil armiyasi bilan ishlash mumkinligini aytadi, lekin baribir imkoniyat kengayishi shart.

“Yo'qdan ko'ra bor-da ... Vaziyat bizni qoniqtirmaydi, bu aniq", - deydi Federman.

Jurnalistlar uyushmasi Isroil Oliy sudigacha chiqqan, G'azoga mustaqil kirishni talab qilib. Ammo sud bunga ruxsat bermagan.

Jurnalistik etika bo'yicha ekspert Kelli Makbrayd nazarida harbiylar safidan turib, urushni yoritish sahnalashtirilgan manzaradir va ishonchsiz.

"Mayli, yoritishsin, ammo ommaga bu haqda aytilsin, qanday cheklovlar ostida axborot berilayotgani oshkor etilsin", - deydi mutaxassis.

Santa Klara universitetidan Subramaniam Vinsent tahlilicha, urushda favqulodda shartlar ostidasiz va ularni oshib o'tish deyarli mumkin emas, qolaversa, hayotingiz xavf ostida.

“Armiya ham sizdan foydalanadi, siz harbiylar uchun strategik qurolsiz", - deydi ekspert.

Jurnalist Daliya Hatuqa Isroil-Falastin mojarosini azaldan yoritib keladi. Hech kim muxbirni manipulyatsiya qila olmasligi kerak, deydi u.

Harbiylar orasiga kira olish - jurnalistik matonat, deya tasvirlaydi Hatuqa, agar ularni ham savolga tuta olsangiz.

"Isroil armiyasini targ'ib qilmang, uning harakatini surishtiring, tahlil qiling, aks holda uning targ'ibotchisiz", - deydi jurnalist.

“Propaganda vositasi bo'lib qolish tahdidi hamisha bor".

XS
SM
MD
LG