Breaking News

Faqat urushni yoritayotgan matbuot


Quddus, 12-oktabr, 2023
Quddus, 12-oktabr, 2023

Isroillik jurnalis Eymi Spiro ertayu-kech ishda. "The Times of Israel" gazetasi muharriri va muxbiri .

"Hozir bu yerda jurnalist borki, e'tibori urushda. Boshqa mavzu yo'q. Boshqa yangilik yoq. Hammamiz urushni yoritish bilan bandmiz".

Bu - ommaviy axborot vositalarining asosiy ishi, deydi Eymi.

"Faoliyatimiz to'xtovsiz. Hayot bu yerda doimiy tahdid ostida ekan, xavfsizlik va urushdan boshqa muhimroq masala bormi?"

Mamlakata bu mojarodan o'lganlar soni 1500 ga yaqinlashar ekan, jurnalist ruhan sillasi quriganini tan oladi.

G'azo sektori, 11-oktabr, 2023
G'azo sektori, 11-oktabr, 2023

Isroil va G'azoda muxbirlar hayoti qil ustida, ammo ular ishini davom ettirmoqda. Tok va internet har yerda cheklangan. Ular har qanday sharoitda tetik bo'lishga majbur.

"Vaziyat nozik, tahlikali. Shu bois ham biz yanayam qattiqroq ishlaymizl, chunki dunyo haqiqatni bilishi kerak", - deydi Sharif Mansur, arab jurnalist.

O'tgan 22 yil mobaynida, xalqaro tashkilotlar hisobicha, Isroil harbiy kuchlari kamida 20 jurnalistni o'ldirgan. 18 nafari falastinlik muxbirlar bo'lgan. Ularning o'limi yuzasidan hech kim javobgarlikka tutilmagan.

7-oktabrda XAMAS Isroilga hujum uyushtirib, bir necha soatda yuzlab insonlarni o'ldirganidan beri yahudiy davlat G'azoni qamal qilib, aholini jahondan va barcha zaruratlardan uzib qo'ygan.

Falastinda o'lganlar soni soat sayin ortib, hozirda 1500 dan ko'proq.

G'azoda nobud bo'lganlar orasida kamida 7 jurnalist qayd etiladi. Yaralanganlar va bedarak ketganlar orasida ham muxbirlar va faollar bor.

Bag'dodda Isroilga qarshi namoyishlar, 13-oktabr, 2023
Bag'dodda Isroilga qarshi namoyishlar, 13-oktabr, 2023

Jurnalist faol Yusuf Hammash deydiki, tirik qolish - jurnalistning asosiy vazifasi. Shundagina unda ishlay oladi, deya eslatadi u.

"Hech kim hozir xotirjam emas, xavfsiz emas", - deydi qator xalqaro media tashkilotlarga ishlagan Yusuf.

"Jurnalist borki, bir joyda turmaydi. Tura ham olmaydi, chunki unga quvvat kerak, internet kerak, odamlar bilan gaplashishi kerak".

Falastin matbuotchilar uyushmasi, MADA nomi bilan tanilgan markaz G'azoda axborot vositalari xodimlari nishonga olinayotganini qoralab, Isroilni qotil, deya tamg'alagan.

Ramalloh, 13-oktabr, 2023
Ramalloh, 13-oktabr, 2023

Isroil G'azoga xorijiy jurnalistlarni kiritmayapti. Yusuf singari faollar esa ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar uzatmoqda.

"Xalqim taqdiri haqida axborot berish - mening insoniy burchim", - deydi u.

Xuddi shu gapni Quddusda Eymi Spiro ham aytadi.

"Urushdan boshqa mavzuga o'ta olmaymiz, chunki xalqimizning hayot-mamoti hal qilinayotgan damlardamiz", - deydi Linda Dayan, Tel Avivdagi "Haaretz" gazetasi muharriri .

"Barchamiz qattiq bosim ostidamiz va buning oqibatlari kelajakda albatta seziladi".

Isroil-AQSh-Falastin: Jonli efir, 12-oktabr, 2023
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:14:02 0:00

Dayan boshliq jurnalistlar o'lganlar sonini aniqlashtirish uchun ZAKA degan favqulodda xizmat bilan yonma-yon yuribdi. Guruh terror harakatlari sodir etilgan, portlashlar va xurujlar yuz bergan joydan jasadlarni teradi.

Isroil aholisi 10 milliondan oz kichik bir davlat, deydi Linda.

"Mamlakatimizda har bir axborotning ahamiyati yuqori, ayniqsa hozir".

Bu urush, uning nazarida, har bir isroillik uchun shaxsiy masala.

"Chunki uning bevosita ta'siri ostida yashamayotgan inson yo'q. Hatto xorijda bo'lsa ham isroilliklar bu mojarodan zarar ko'rmoqda".

Falastin ahli vakillari ham shuni ta'kidlaydi. Uzoq va qonli urush xalqning tinkasini quritgan, jumladan uni yoritayotgan jurnalistlarning.

Muxbirlar tortayotgan prixologik azob, deydi har ikki tarafdagi axborot vositalarining xodimlari, ularni shu paytgacha ishdan to'xtata olmagan, chunki axborotsiz hayot yo'q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG