Breaking News

Isroil-XAMAS urushi haqida Amerika yoshlari qanday fikrda?


Isroil-XAMAS urushiga oid onlayn janglar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:09 0:00

Isroil-XAMAS urushining ijtimoiy tarmoqlarda kechayotgan mafkuraviy axborot janglari AQShdagi yoshlarni qutblashtirib, ba'zi hollarda hatto tahdid yoki zo'ravonlikkacha olib bordi. Ammo ayrim guruhlar o'sib borayotgan keskinlikni muloqot uchun imkoniyat deb ko’rmoqda.

Isroil-XAMAS urushi ijtimoiy tarmoqlarda turli bahs-munozaralarni avj oldirdi. Hech qanday tahlil va kontekstsiz tadqim etilayotgan turli axborot va ayngiliklar AQShda yoshlar ongiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, degan qarashlar bor.

Amerika universiteti talabasi va Amerika yahudiy qo'mitasining universitetdagi bo’limi vitse-prezidenti Brendon Lich ham shunday fikrda.

“Hamma Internetda antisemitizm, Falastin yoki Isroil tarafdori bo'lgan turli axborotlar xurujiga uchramoqda. “Instagram”dagi reellarda ham ahvol shu va bu ruhiy zo’riqishga olib kelishi mumkin. Hozir yosh talabalar uchun oson emas”, - deydi u.

Vashington atrofidagi kollejlarda talabalar, Isroil yoki Falastin tarafdori bo'lishidan qat’i nazar, o'z maslakdoshlariga ega. Isroilliklar ham, falastinliklar ham norozilik bildirish uchun shahar markaziga to‘plandi, deydi Falastindagi Amerika musulmonlarining targ‘ibot ishlari bo‘yicha direktori Tahir Herzalloh.

"Ko’rib turganingizdek, bu yerdagi jamiyatimiz, Falastin-Amerika hamjamiyatidan minglab odamlar o'zining noroziligini bildirish uchun chiqishgan", - deydi u.

7-oktabr kuni Xamas Isroilga uyushtirgan hujum oqibatida 1200 kishi halok bo‘lgach, ko‘plab ijtimoiy tarmoqlardagi postlar Isroilning G‘azoni qamal qilishiga qaratildi. Isroil qamalida 16 000 dan ortiq odam o’lgani xabar qilinmoqda.

13-noyabr holatiga ko’ra, “TikTok” platformasida “#FreePalestine” xeshtegi bilan namoyish etilgan videolar soni “#StandwithIsrael” heshtegi ostidagi videolardan 2,9 millionga ko’p. “TikTok”ka ko’ra, bu raqamlarni qo’shimcha kontekstsiz olish xato.

Ammo boshqa tadqiqotlarning ko'rsatishicha, yoshlar orasida falastinliklarga hamdardlik 7-oktabrgacha ham yuqori bo’lgan. 2006-yildan 2016-yilgacha “Pew Research” to’plagan ma'lumotlariga ko’ra, keksa avlod vakillari orasida Isroilga xayrixoh bo'lish ehtimoli yosh avlodga qaraganda ko’proq.

Ba'zilar qarama-qarshi tomonlarni muloqotga chorlash tarafdori. Maks Katz va Farid Abdibi Jorj Vashington universitetida kollej talabalari va boshqa yoshlarga o'z fikrlarini ifoda etishda yordam beradigan “Left-Middle-Right” raqamli media tashkilotini yaratdi.

“Ishonchim komilki, har ikki tomonda ham radikallashgan odamlar bor, lekin koʻpchilik o’zining kimligi va ildizlari qayerda ekanligi haqida oʻylaydi. Agar ikkala tomon ham bir stolga o’tirib, o’zaro bir soat gaplashsa, ular bir-birlaridan nafratlanmasligini tushunadi, bir-birini yomon ko'rmaydi. Ularning e'tiqod tizimi bilan bog'liq muammo yo’q. Bu faqat geosiyosiy maydonda to‘qnash kelayotgan o’zlik masalasi bilan bog’liq”, - deydi Farid Abdibi.

Isroil va XAMAS o’rtasida muloqot ehtimoli hali-veri ko’zga tashlanmasa-da, bu kabi uchrashuvlar Internet orqali radikallashgan guruhlar o'rtasida davom etayotgan onlayn janglarni to'xtatishga hissa qo’shishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG