Breaking News

NATOning kengayishi kuchlar muvozanatiga qanday ta'sir qiladi?


NATOga a'zo mamlakatlar bayroqlari orasida Shvetsiyaga ajratilgan ustun, Bryussel, 5-mart, 2024.
NATOga a'zo mamlakatlar bayroqlari orasida Shvetsiyaga ajratilgan ustun, Bryussel, 5-mart, 2024.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini davom etar ekan, qo’shni mamlakatlar va SSSR tarkibida bo’lgan davlatlar o’z suverenitetidan xavotirda.

Ana shunday urush fonida dunyodagi ittifoqlar va bloklar o’z birdamligini mustahkamlashga intilmoqda. 7-mart kuni Shvetsiyaning rasman NATOning 32-a’zosiga aylangani kuchlar muvozanatida yana bir o’zgarish yasadi.

Xalqaro hayot - 8-mart, 2024-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:19 0:00

“Putin 2022-yil fevralida Ukrainaga qayta qo’shin kiritgunga qadar shvedlarning uchdan bir qismi NATOga kirish tarafdori edi. Bosqin ortidan fuqarolarning to’rtdan uch qismi blokka qo’shilishni yoqladi. Ular bir qo’shnisini dunyo xaritasidan o’chirishga intilayotgan Putin shu bilan to’xtamasligini tushindi”, - deydi AQSh davlat kotibi Entoni Blinken.

Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson Yevropada xavfsizlikka tahdid Ikkinchi Jahon urushidan beri bu qadar keskin bo’lmaganini aytadi.

“Blok bizning quruqlik, havo va dengizdagi salohiyatimizdan foydalanishi mumkin. Ukrainani dastaklash muhim. Ukraina nafaqat o’zining, balki Yevropaning ozodligini ham himoya qilmoqda”, – dedi u.

Ukraina prezidenti NATO va Shvetsiyani olqishladi.

“Yevropada yana bir mamlakat Rossiya zulmidan himoyalandi. Bir mamlakat xavfsizligi kafolatlansa va bu mamlakat umumiy xavfsizlikni kuchaytira olsa, barcha manfaatdor”, - dedi Volodimir Zelenskiy.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o’tgan hafta NATOning kengayishiga Moskva reaksiyasi qanday bo’lishini aytgan edi.

“Tashkiliy qaror berilgan. Moskva va Leningrad harbiy okruglari tuzilgan. Qo’shimcha qurol va texnika safarbar qilinib, Finlyandiya va Shvetsiyadan bo’lajak ehtimoliy tahdidlarga qarshi mutanosib tizim joriy etiladi”, - dedi Lavrov.

O’z birdamligi va qudratini namoyish etayotgan NATO bloki dushanba kunidan bir necha oyga mo’ljallangan harbiy mashg’ulotlar seriyasiga start bergan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG