Breaking News

Rahmon: Terrorizm millat tanlamaydi


Vladimir Putin va Imomali Rahmon, Mosvka, 21-noyabr, 2023
Vladimir Putin va Imomali Rahmon, Mosvka, 21-noyabr, 2023

22-mart kuni Rossiya poytaxtida kamida 137 kishini o'ldirib, 200 ga yaqin odamni jarohatlagan terror xurujida tojikistonliklar ayblanar ekan, Dushanbeda Prezident Emomali Rahmon terrorchilar kim ekani haqida o'x xulosasini bildirib, Kreml bilan ularga qarshi birga kurashishda davom etishini aytgan.

Rahmon 24-mart kuni Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan telefonlashgan. Bu paytda o'nlab odamlar allaqachon hibsga olingan va ulardan to'rt nafari 25-mart kuni sud oldiga olib borilgan.

Boshida bu insonlar Tojikiston fuqarolari ekanini tan olmagan Dushanbe rasmiylari hozirda bu masalada lom-mim demayapti.

"Terroristlarning millati bo'lmaydi, vatani va dni ham yo'q", - degan Rahmon, Putin bilan muloqoti yuzasidan bayonotga ko'ra.

Tojikiston rahbari ekstremizm borasida oldin ham shunday gaplarni aytgan.

Uning idorasi bergan izohda ham Moskvadagi hujumda asosan tojikistonliklar gumon qilinayotgani va ayrimlari aybiga iqror bo'lgani haqida hech narsa deyilmaydi.

"Islomiy davlat" terror hujumi uning ishi ekanini e'lon qilgan. Guruhning Afg'onistondagi bo'limi bu ishni amalga oshirganligi taxmin qilinadi.

AQSh "Islomiy davlat" bunday hamlalar qilishi mumkinligi haqida anchadan beri ogohlantirib kelayotgan edi. To'da Afg'onistonda 2021-yilda Rossiya elchixonasini portlatgan.

XS
SM
MD
LG