Breaking News

MDH liderlari Sankt-Peterburgda prioritetlarni muhokama qildi


Rossiya, Qozog'iston, O'zbekiston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Armaniston va Belarus rahbarlari MDH norasmiy sammitida, Sankt-Peterburg, 26-dekabr, 2023
Rossiya, Qozog'iston, O'zbekiston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Armaniston va Belarus rahbarlari MDH norasmiy sammitida, Sankt-Peterburg, 26-dekabr, 2023

Bugun Sankt-Peterburgda Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi a'zolarining liderlari norasmiy sammit o'tkazib, yakunlanayotgan yil yuzasidan o'z xulosalarini o'rtoqlashdi.

Rossiya prezidenti Vladmir Putin, Qozog'iston prezidenti Qosim-Jo'mart To'qayev, O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarov, Turkmaniston prezidenti Sedar Berdimuhamedov, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bir davrada o'tirib, MDH kelajagini muhokama qildi.

MDH 1991-yilning oxirida, SSSR tarqalib ketishi ketidan tuzilgan. Moldova uni tark etgan.
MDH 1991-yilning oxirida, SSSR tarqalib ketishi ketidan tuzilgan. Moldova uni tark etgan.

Rasmiylarga ko'ra, bu organ doirasida hamkorlik mustahkam va biror a'zo kelajakka shubha bilan qaramaydi, chunki o'zaro manfaatlar asosida birga ishlash to'g'ri yo'l ekanini tushunadi. Shu mazmundagi gaplarni MDH liderlarining o'zlari ham bugungi majlisda aytgan.

Xavfsizlik, savdo, energetika, madaniy rishtalar qatorida global masalalarda bir yoqadan bosh chiqarish ham prioritet deya qayd etilgan.

Bugun oliy martabali mehmonlar mezbon shahar Sankt-Peterburgni aylandi.

Prezident Putin hamrohligida sobiq sovet davlatlarining rahbarlari "buyuk rus imperiyasi" davridan qolgan saroylarda bo'ldi, jumladan “Pavlovsk”, “Sarskoye selo” va “Petergof” muzey-qo‘riqxonalarida.

Bu inshootlar XVIII-XIX asrlarda qurilgan va hozirda UNESCO Butunjahon merosi ro‘yxatida.

MDH 1991-yilning oxirida, SSSR tarqalib ketishi ketidan tuzilgan. Moldova uni tark etgan.

O'zbekiston hukumatiga ko'ra, respublikaning hamdo'stlik doirasidagi iqtisodiy loyihalar portfeli 30 milliard dollardan oshgan va deyarli barcha tarmoqlarni qamraydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG