Breaking News

AQSh Ukraina, Isroil va Tayvanga yordam beradi


AQSh rahbari Jo Bayden Xorijiy yordamga doir qonunlar paketini imzolagach, nutq so'zlamoqda, Oq uy, Vashington shahri, 24-aprel, 2024.
AQSh rahbari Jo Bayden Xorijiy yordamga doir qonunlar paketini imzolagach, nutq so'zlamoqda, Oq uy, Vashington shahri, 24-aprel, 2024.

AQSh Kongressi uzoq tortishuvlar ortidan Ukraina, Isroil va Tayvan kabi davlatlarga yordam yetkazish to’g’risidagi qonun loyihalarini qabul qildi. Xorijiy yordamning umumiy qiymati 95 milliard dollarga teng.

To’rtta alohida qonun loyihasidan iborat paketni Senatning 79 a’zosi ma’qullagan, 18 kishi yordamga qarshi ovoz bergan.

Xalqaro hayot - 24-aprel, 2024-yil - AQShdan yordam, Talabalar isyoni, Flotiliya
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:25 0:00

Yordamni to’xtatib turgan Vakillar palatasi 20-aprel kuni qonunni qabul qilgan. 311 nafar qonunchi yordam paketini ma’qullab ovoz bergan. Qarshilar 112 kishi.

Uzoq vaqtdan beri yordamni tezlashtirishga undab kelayotgan AQSh rahbari Jo Bayden qonunlar paketini bugun zudlik bilan imzolashini bildirgan.

95 milliard dollarning 61 milliardi Ukrainaga, 26 milliardi Isroilga, qolgan 8 milliardi Hind-Tinch okeani mintaqasida Xitoy bosimiga qarshi yo’naltiriladi.

To’rtinchi qonun loyihasi TikTok’ning AQShdagi aktivlarini sotish talabi, aks holda platformaga taqiq o’rnatishga qaratilgan. Shuningdek, musodara qilingan Rossiya aktivlarini Ukrainaga berish va Eronga qarshi yangi sanksiyalarni joriy qilishni nazarda tutadi.

AQSh rasmiylarining bildirishicha, Ukrainaga qiymati 1 milliard dollarga teng harbiy yordam paketini tayyorlash jarayoni boshlab yuborilgan.

Qonun loyihasi, shuningdek, AQSh prezidentiga Pentagon balansidagi 8 milliard dollarni sarflashga doir qo’shimcha vakolatni ham taqdim etmoqda. Prezident avvalroq 3,9 milliard dollar sarfiyati bo’yicha ana shunday vakolatga ega chiqqani inobatga olinsa, Oq uy rahbari Kongress bilan hisoblashmasdan Ukrainaga jami 11,9 milliard dollarlik yordam ko’rsatish huquqiga ega bo’lmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG