Breaking News

Amerika mediasi: Bayden va Tramp debatdan qocholmaydi


2020-yilning 22-oktabri: Tennessi shtatining Neshvil shahrida Jo Bayden va Donald Tramp debatda
2020-yilning 22-oktabri: Tennessi shtatining Neshvil shahrida Jo Bayden va Donald Tramp debatda

Amerikaning 12 eng yirik mediasi Prezident Jo Bayden va yaqinlashayotgan saylovda uning raqibi respublikachi Donald Trampni debatlar rejalab, ularning sanasi va manzilini e'lon qilishga chorlamoqda.

Debatlar - Amerika demokratiyasining ustunlaridan biri va xususan saylovoldi jarayonining ajralmas qismi, deya eslatmoqda ommaviy axborot vositalari.

Tramp Oq uyga qaytishga bel bog'lagan bo'lsa-da, hozirgacha biror partiyadoshi bilan debatga chiqmadi. Maydonda hozir o'zi qolgan va unga teng kela oladigan boshqa respublikachi yo'qligini iddao qiladi.

U Bayden bilan debatga shayligini bildirgan, ammo Oq uydan javob yo'q.

Prezidentlik uchun debatlarni uyushtiradigan mustaqil komissiya bor. U vitse-prezidentlikka nomzodlarning bahsini ham tashkillashtiradi.

"ABC", "CBS", "CNN", "Fox", "PBS", "NBC", "NPR" va "Associated Press" kabi eng yirik media tashkilotlar imzo chekkan murojaatda debatlar kuni tezroq belgilansin, deya undaladi.

Bayden va Tramp 2020-yildagi saylov oldidan ikki bor bahslashgan. Uchinchisi koronavirus sabab bekpr qilingan.

Yaqinda prezidentdan debatlar haqida so'ralganida, Bayden Trampning xatti-harakatiga bog'liq, degan.

29-sentabr, 2020: Ohayo shtatining Klivlend shahridagi debat
29-sentabr, 2020: Ohayo shtatining Klivlend shahridagi debat

Tramp saylov kampaniyasi boshqaruvchilari Syuzi Vayls va Kris Lasivita o'tgan hafta aytishicha, respublikachi nomzod debatga tayyor, har qachon va har yerda.

Biroq Respublikachilar partiyasi rahbariyati 2022-yilda Prezident debatlari bo'yicha komissiya bilan ishlashdan bosh tortgan. Tramp kampaniyasi bu masala xususida hech nima demaydi, lekin debatni xolis tomon olib borishi kerakligini ta'kidlaydi. Kampaniya bu bahslar imkon qadar erta o'tishini istaydi.

Bayden kampaniyasi hali lom-mim demagan. Tramp esa saylovchilar bilan uchrashuvlarida Baydenni debatga kelishini kutayotganini aytmoqda.

Uning so'zlariga ko'ra, Amerika xalqi Bayden qanday ishlayotganini baholab, undan barcha savollarga javob olishga haqli.

"C-SPAN", "NewsNation" va "Univision" ham murojaatga qo'shilgan. Gazetalardan esa faqat "USA Today". Qolgan nashrlar chaqiriqlarga sherik emas.

Telekanallar uchun bahslar katta auditoriya demakdir. Saylov kampaniyasi davrida, ayni damda, tomoshabinlar soni 2020-yildagiga qaraganda ancha oz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG