Breaking News

Tramp respublikachi nomzodlarning 3-teledebatida ham qatnashmaydi


8-noyabr chorshanba kuni AQShda prezidentlikka da’vogarlik qilayotgan respubikachi nomzodlarning besh nafari uchinchi teledebatda qatnashadi. Bu galgi tortishuv Isroil-XAMAS urushi fonida o’tkaziladi. Biroq bu masalada nomzodlaring hammasi Isroil tarafini olmoqda.

Xalqaro hayot - 7-noyabr, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:39 0:00

Uchinchi teledebat Florida shtatining Mayami shahrida o’tkaziladi. Sentabr oyida Kaliforniyada bo’lgan so’nggi tadbirdan beri ko’p narsa o’zgardi.

Eng katta voqea XAMASning Isroilga hujumi va Isroilning G’azoni bombardimon qilishi bo’ldi.

Respublikachilarning aksariyati Isroil tarafida. AQShning BMTdagi sobiq elchisi Nikki Xeyli, amerikaliklarning Isroildan qaytishiga yordam bergan Florida gubernatori Ron Desantis shular jumlasidan.

“Isroil o’z hududini himoya qilishga mutlaqo haqli” degan tadbirkor Vivek Ramasvamining urush boshidan beri izohlari o’zgargan va debat paytida raqiblari uni shu uchun tanqid qilishi kutilmoqda.

“U yovuzlikni oqlovchi izohlar yoki XAMAS terrorini qo’llab-quvvatlovchi insonlarga ancha chidamli ko’rinadi. Buni so’z erkinligi deb ataydi. Men ham so’z erkinligi tarafdoriman, ammo chegaradan chiqmaslik kerak deb o’ylayman, ayniqsa zo’ravonlik va qotillikka kelganda”, - deydi Vashingtondagi “Ikki partiyaviy siyosat markazidan” Tevi Troy.

Konnektikut shtatida joylashgan Kvinnipek universiteti yaqinda o’tkazgan so’rov natijasidan ma’lum bo’lishicha, prezidentlikka respublikachi nomzodlar orasida sobiq prezident Donald Tramp 64 foiz bilan reytingda peshqadam. Undan ancha ortda kelayotgan Desantisni saylovchilarning 15 foizi, Xeylini 8 foizi qo’llab-quvvatlamoqda.

Tramp uchinchi teledebatda ham qatnashishdan bosh tortdi. Buning o’rniga yaqin atrofdagi shaharda saylovchilari bilan uchrashmoqchi.

Reytingi past bo’lgani va shu sabab saylov kampaniyasi uchun yetarlicha pul yig’a olmagani uchun yaqinda poygadan chiqgan sobiq vitse-prezident Mayk Pens ham teledebatda qatnashmaydi.

“U sahnadan turib Prezident Trampni tanqid qilishdan tap tortmagan muhim nomzod edi. Trampga har qadamda tanqidiy qaraydiganlardan endi faqat Kris Kristi (Nyu-Jersi shtati gubernatori) qoldi. Bu hol Xeyli va Desantis kabi yetakchi nomzodlarni Trampni tanqid qilishga majburlashi mumkin. Pensning poygadan chiqishi ularga shunday imkoniyat beradi”, - deydi Troy.

Respublikachi nomzodlarning to’rtinchi teledebati 6-dekabrga belgilangan. Shu paytga borib ularning safi yanada siyraklashishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG