Breaking News

Ukrainalik keksalar ko'ngilli ravishda Rossiyaga qarshi kurashmoqda


Oleksandr Taranning mobil artilleriya bo‘linmasi rasman Ukraina armiyasi tarkibiga kirmaydi, biroq bu uning askarlarini o‘z pullari evaziga Rossiyaga qarshi kurashishiga to‘sqinlik qilmadi.

“Biz nafaqamiz bilangina kun kechiramiz”, - deydi 68 yoshli “Qariya” laqabli qo’mondon.

Taranning “Dasht bo’rilari” nomli harbiy bo’linmasi o’nlab ukrainalik ko’ngillilardan iborat. Ular 60 yoshdan yuqori; harbiy xizmatga chaqirilish uchun keksa, ammo hamon jang qilishni xohlaydi.

Qariyalar frontda raketa o’rnatilgan yuk mashinalari ortidan harakat qilib, harbiy qo’mondonlarning buyruqlarini bajaradi, qo’shinlar bilan ishlaydi. Harbiylar ularni rasmiy qo’llab-quvvatlamasa ham, ular jang maydonida askarlarning g’alabasiga o’z hissasini qo’shayotganini aytadi.

Bo’linma xayriya orqali moliyalashtiriladi. Ular urushda yaroqsiz bo’lib qolgan qurollarni o’zlari tuzatib, shuningdek, dushmanning qo’lga olingan qurollari bilan qurollanishadi. Har ikkala qurollarni harbiylar yetkazib berishadi.

Ukraina – minalar bilan to’lib-toshgan mamlakat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:43 0:00

Yaqinda “Reyter” agentligi Zaporojye viloyatidagi harbiy bazasga tashrif buyurganda, guruhning 122 mmli “Grad” raketasini jangga tayyorlayotganining guvohi bo’ldi. Keyinchalik bu raketalar boshqa harbiy bo’linma tomonidan uchirildi.

“Bizga ishonch bildirayotgan qo’mondonlar bizdan mamnun”, - deydi “Zorro” taxallusli 63 yoshli jangchi.

“Ular bizga yana ham katta ishonch bildirib, iloji boricha qurol, o’q-dorilar bilan ta’minlamoqda”, - deya qo’shimcha qiladi u.

Qo'mondon Taranning aytishicha, uning bo'linmasi Ukraina qurolli kuchlari safiga to'g'ridan-to'g'ri o'q-dorilar va maosh olish uchun rasman qo'shilishga uringan, ammo bu muvaffaqiyatsiz tugagan.

Mazkur bo’linma tarkibida jangga yaroqsiz deb topilgan yosh yigitlar ham bor.

Xohish va harakat

Rossiyaning Ukraina bosqini boshlanganiga ikki yildan oshdi; kundan-kunga g’alabaga nisbatan pasayib borayotgan ishtiyoq esa Ukrainadagi safarbarlik harakatiga salbiy ta’sir qilyapti.

Rossiya qo’shini sharqqa qarab yurmoqda. Tahlillarga ko’ra, hozirda Ukrainada jangga layoqatlilar tanqisligi kuzatilmoqda.

Ba'zi taniqli ukrainalik va xorijlik urush tarafdorlari Ukraina prezidenti Volodomir Zelenskiyni safarbarlik yoshini sezilarli darajada kamaytirishga undadi.

Shu oy boshida Zelenskiy, qoshimcha yordam kuchi chaqirish, harbiy xizmatdan qochgan yoki bosh tortganlarga qarshi jazoni kuchaytirish uchun yangi chora-tadbirlani tasdiqladi. Shuningdek, safarbarlik yoshini 27 yoshdan 25 yoshga qisqartirdi.

2014-yildan buyon Moskvaga qarshi harbiy harakatlarda qatnashib kelayotgan Taran, majburiy yollangan jangchi bilan haqiqiy ishtiyoqli jangchini tenglashtirib bo’lmasligini aytadi.

“Qalbida ishtiyoq bo’lmasa, boshida tegirmon toshini yurgizsangiz ham u jang qilmaydi. Agar u haqiqatda yurtini himoya qilishni xohlasa, 100 yil bo’lsa ham g’alaba uchun dushmanga qarshi kurashaveradi”, - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG