Breaking News

Ukraina: Oddiy fuqarolar ham armiya uchun dronlar qurib bermoqda


Uyida dron qurayotgan ukrainlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:59 0:00

Dronlar – Ukraina frontida kuchli qurol, qimmat harbiy texnikani barbod qila oladi. Kiyev ittifoqchilaridan yordam kutayotgan bir paytda, oddiy ukrainaliklar ham qo’lbola dronlar yasab, armiyaga yordam bermoqda.

Yuliya Zaxarova yarim yildirki, uyida dronlar yasaydi.

“Maqsadim shunchaki dron yasash edi va shunga erishdim”, - deydi u.

Yuliya asli ham malakali dizayner. Dronlarni “Social Drone UA” loyihasi unga jo’natgan batafsil ko’rsatmalar asosida quradi. Bu onlayn loyiha Ukraina armiyasiga yordam berishni istagan ko’ngillilarga dron yasashni o’rgatadi.

“Ehtiyot qismlarni turli saytlardan qidirib, eng arzonini olaman. Ular Xitoydan bir oyda yetib keladi. Xarajatlarning asosiy qismini xayriya qoplaydi”, - deydi suhbatdosh.

Oddiy odamlarni dron yasashga undash g’oyasi ortida IT mutaxassisi Oleksiy Asanov turadi. U import xarajatlarini bartaraf etish, arzon va kichik FPV dronlarini qo’lga kiritish yo’lini topdi.

“Ehtiyot qismlar ko’p miqdorda buyurtma qilinsa, boj to’laysiz. Agar ko’p odamlarni jalb qilib, qismlarni oz miqdordan sotib olsangiz, bojxona to’lovi bo’lmaydi”, - deydi u.

Shuningdek, ko’ngillilar yasagan dronlar uyda saqlangani uchun ijaraga pul ketmaydi, haq to’lanmaydi.

“Yana bir afzal tomoni - dronlar uchun katta zavod kerak emas va raketa hujumidan qo’rqmasa ham bo’ladi. Hozirda butun mamlakat bo’ylab 5000 dan ortiq ukrainlar shu loyihaga jalb qilingan”, - deydi loyiha rahbari.

Asanovning aytishicha, tayyor dronlarni ham harbiy, ham harbiy bo’lmagan ekspertlar sinovdan o’tkazadi. To’liq ismi sir qolishini istagan Maks mahsulotning uchishga tayyorligini tekshiradi.

“Qismlari, motor to’g’ri o’rnatilgani, ucha olishini tekshiraman. Video yoza oladimi, bunga ham qarayman. Bunisida video formatini o’zgartirish kerak, muammo emas”, - deydi Maks.

Yuliya olti oyda 39 ta dron yasadi.

“Bu ish ruhiy salomatlik uchun ham foydali. Dron yasash konstruktor o’yiniga o’xshaydi, farqi shundaki, mahsulot aniq maqsadga xizmat qiladi”, - deydi u.

“Social Dron UA” loyihasi har hafta 400 ga yaqin dronlarni sinovdan o’tkazib, frontga jo’natmoqda. Ko’ngillilar qo’li bilan har yili harbiylar uchun 20 mingta dron yasash rejada.

XS
SM
MD
LG