Ukraina urushda dronlardan, asosan, razvedka va hujum uchun foydalanib keladi. Ammo ba´zan operatorlar drondan tinch aholini qutqarish yoki dushmanni asir olishda ham foydalanadi.
Bu dron zarbasi – jangovar dron operatori Andreyning navbatdagi amaliyoti. “Amerika Ovozi” xavfsizlik yuzasidan uning to´liq ismini keltirmaydi, bu bo’linma Baxmutda bir oyda 200 atrofidagi rus harbiylarini yo´q qilgan.
“Mening safdoshim razvedka ishlari bilan shug´ullanadi, men zarba uchun javob beraman. Ya´ni nishonni aniqlashsa, men uni yo´q qilaman. Har navbatchilikda 10 tagacha dushmanni yo´q qilamiz”, - deydi Andrey.
Andrey urushgacha besh yil boks bilan shug‘ullangan. Rossiya bosqini arfasida u Kiyev chempionatiga tayyorlanayotgan edi.
“Boks oddiy ko`rinishi mumkin, ammo biror usulni mukammal o‘zlashtirish uchun yillar kerak”, - deydi u.
2022-yilning martida u havo hujumi bilan shug‘ullanuvchi “Axilles” guruhiga qo‘shilgach, frontdagi o`z ishini topdi. Guruhning vazifasi dushman kuchi, harbiy texnikasini yo`qotuvchi piyoda qoshinlar xavfsizligini ta`minlash.
“Biz dushmanning ko`plab tanklari, artilleriyasi, askarlarini yo`q qilganmiz. Ishimizni dushman aviatsiyasi hujumi ostida bajaramiz, bu qiyin, ammo uddalayapmiz”, - deydi u.
Andreyning aytishicha, dronlar ba`zan odamlarning hayotini ham saqlab qoladi.
U Baxmut atrofini razvedka qilar ekan, rus qo´shinlari joylashgan hududdan qochishga urinayotgan ikki kishini ko´radi. Komandir ularni qutqarishga qaror qiladi.
Boshqa bir vaziyatda esa Andrey dushmanini qutqarib qolgan.
“U okopda chorasiz vaziyatda edi. Atrof Vagner jangchilarini jasadiga to`la, u bundan shokda edi, buning ustiga quroli ham yo´q edi. Biz unga qisqa xabar yozdik: taslim bo`l va dronning orqasidan yur. Xabarni dronga o`q dori joylagandek joyladim, faqat bu safar bomba tashladim, unga yashash imkoniyatini berdim ”, - deydi Andrey.
Andrey o`z mamlakati g´alabasi uchun oxirigacha kurashmoqchi.