Breaking News

Rossiya Qrim ko'prigiga hujumga javob berdi


Ukrainaning Rossiya hududini Qrimga ulovchi Kerch ko’prigiga hujumi ketidan Rossiya tunda Nikolayev va Odessa shaharlaridagi bandargohlar va qurol omborlarini, harbiy qayiqlarni ta’mirlovchi zavodni raketalar bilan nishonga oldi.

Xalqaro hayot - 18-iyul, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:27 0:00


Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bundan bir kun oldin ko’prikka qilingan hujumga javob berilishi haqida aytgan edi.

"Hujum natijasida Ukraina harbiy texnikasi uchun saqlangan 70 ming tonna yoqilg’i yo’q qilindi”, - dedi Rossiya Mudofaa vazirligi vakili.

Ukraina Harbiy-havo kuchlari oltita qanotli “Kalibr” raketasi va 36 ta drondan 31 tasi urib tushirilganini da’vo qilmoqda.

Germaniya Tashqi ishlar vazirasi Annalena Berbok Rossiyaning Odessa portiga hujumini qoralab, har bir otilgan raketa dunyo bo’ylab ochlikdan qiynalayotgan odamlarga qarshi qaratilganini aytdi.

Ma’lumki, eksportga mo’ljallangan Ukraina g’allasi kemalarga Odessa portida ortiladi.

Kerch ko’prigiga hujumda mashinada ketayotgan er-xotin halok bo’ldi, ularning 14 yashar qizi og’ir ahvolda.

Ko’prik bo’ylab avtomobil qatnovi qisman tiklangan, zarar ko’rgan qismini ta’mirlash ishlari kuzgacha davom etishi aytilmoqda. Qrimga dam olgani borib uyiga qaytayotgan fuqarolarga Donetsk viloyatining Rossiya nazoratidagi qismi orqali harakatlanish ham taklif etilgan.

“50 daqiqadan beri turibmiz. Ertami, kech, uyga qaytamiz albatta. Oxirgi 20 yildan beri dam olish uchun Qrimga qatnaymiz”, - deydi rossiyalik sayyohlardan biri.

Bugun Ukraina Qrimga 28 ta dron bilan hujum qilgani aytilmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi 17 tasining urib tushirilganini, qolganining radioelektron urush tizimi bilan ishdan chiqarilganini da’vo qildi.


Seshanba kuni Yevropa Ittifoqi rahbarlari Bryusselda Lotin Amerikasi va Karib dengizi mintaqasidagi mamlakatlardan kelgan rasmiylar bilan uchrashib, o’zaro hamkorlik va aloqalarni jonlantirish xususida gaplashdi.

Yevropa Ittifoqi sammitning qo’shma bayonotida Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlarini qoralovchi matn kiritishga harakat qildi, biroq bu masalada betaraf pozitsiyada bo’lgan Lotin Amerikasining ayrim mamlakatlari rahbarlari bunga qarshi chiqdi. Xususan Rossiya bilan yaqin aloqaga ega Kuba va Nikaragua.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG