Breaking News

Rossiya kiberhujumlarga aloqadorligini inkor qilmoqda


Eng ko'p kiberxuruj qayerda sodir bo'ladi: Rossiya yoki AQShda?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:19 0:00

AQSh va Yevropa Rossiyani g’arb davlatlariga qarshi ashaddiy gibrid urushi” kampaniyasini o’tkazishda ayblamoqda.

Bu urushning o’ziga xos jihati jismoniy tahdid, dezinformatsiya, ayg’oqchilik, GPS signallarini bosish va ommaviy kiberhujumlardan iborat.

Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov ayblovlarni inkor etib, ularni asossiz deb atadi.

U AQSh eng katta kiberxavf tug’dirishini aytish bilan statistik ma’lumotlarni atayin buzdi:

“...statistikaga ko`ra, kompyuter hujumlarining katta qismi AQSh hududidan amalga oshiriladi”.

Bu chalg’itish.

Mutaxassislar kiberjinoyatlarni kamida besh turga ajratishgan.

Siyosiy maqsadlar ko’zlangan hujum kiberjinoyat sirasiga kiradi. Xuruj nishoni mustaqil davlatlar bo`lib, doimiy tahdid, tajovuz davlat tomonidan dastaklanadi. Rossiya siyosiy kiberjinoyatlar bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda turadi. Kiberjinoyat turlarga bo`linmagan umumiy statistikada AQSh hujum qiluvchi “yirik markazlardan”, shuningdek hujumga “asosiy nishon” sifatida ham qayd qilingan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, kiberhujumlar geografiyasi va hududiy kelib chiqishini aniqlash “qiyin, mukammal emas”.

Aprel oyida Oksford, Janubiy Uels va Monasha universitetlari mutaxassislaridan iborat ilmiy guruh kiberjinoyatlar bo’yicha dastlabki dunyo indeksi “Kiberjinoyatning global ko’rsatkichlari” hisobotini chop etishdi.

Ular dunyoning kam sonli davlatlaridagina kiberjinoyat keskin rivojlanganini aniqlashdi. Rossiya kiberjinoyat xavfi o’ta yuqori bo`lgan davlat sifatida qayd qilingan.

Yevropadagi kiberhujumlar ko`rsatkichida 2000 yildan 2024 yil mayiga qadar 2908 bor “siyosiy yo`nalishdagi kiberhujumlar” qayd qilingan. Aynan shu davrda rossiyalik ijrochilar siyosiy yo‘nalishdagi eng ko`p kiberhujumlar sodir etishgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG